Maqolada quyosh suv-havo qizdirish tizimlari orqali ekologik zararlarni kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. An’anaviy issiqlik manbalarining salbiy ekologik ta’siri, xususan, karbonat angidrid (CO₂) chiqindilarining kamaytirilishi, muqobil energiya tizimlarining samaradorligi bilan solishtirilib baholanadi. Quyosh kollektorlarining termik samaradorligi va havo orqali issiqlik uzatish texnologiyasi asosida energiya tejami, issiqlik balans tenglamalari va ekologik foyda ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilgan. Tahlil natijalari kombinatsiyalashgan kollektor tizimlarining ekologik xavfsiz va barqaror energiya manbai sifatida ishlatilishini asoslaydi.
Ushbu maqolada chakana bank xizmatlarining tijorat banklari samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi hamda ushbu xizmatlarni rivojlantirishning samarali yo‘llari muhokama etiladi. Tadqiqotda chakana bank xizmatlari tushunchasi va ularning tijorat banklari faoliyatidagi o‘rni nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, tijorat banklari samaradorligini oshirishda chakana xizmatlarining ahamiyati amaliy misollar va statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Maqolada chakana bank xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik yondashuvlar hamda bank infratuzilmasini rivojlantirish yo‘llari tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari tijorat banklari menejerlari va moliyaviy tahlilchilar uchun foydali ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Maqolaning amaliy ahamiyati shundaki, unda tijorat banklari tomonidan chakana xizmatlarni yanada rivojlantirish orqali mijozlar bazasini kengaytirish va banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
This article analyzes the increasingly urgent importance of the broad involvement of civil society institutions in developing policies for the socio-economic development of regions, and the important role of the effective use of the social partnership mechanism in this.
Maqolada kichik tadbirkorlik faoliyatining nazariy asoslari va oʻziga xos xususiyatlari yoritilgan. Kichik tadbirkorlikning iqtisodiyotni rivojlantirishga ijobiy ta'siri asoslangan. Faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik sub'ektlari soni, ularning mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmidagi va jami bandlikdagi salmogʻi tahlil qilingan. Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hamda ularning mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) eksporti-import hajmi va ulushining oʻzgarish dinamikasi tadqiq etilgan. Kichik tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatidagi oʻziga xos muammolar bayon qilingan.
Mazkur maqolada din va ma’naviy kamolot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritib berilgan. Islom dini inson qalbini poklash, axloqiy barkamollikka erishish hamda jamiyatda ezgulikni qaror toptirishda muhim omil sifatida talqin etiladi. Maqolada Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar asosida ma’naviy yetuklik mezonlari tahlil qilinib, buyuk allomalar va ajdodlarimizning ibratli hayoti orqali ushbu tushunchaning tarixiy ildizlari ochib berilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda din va ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash borasidagi sa’y-harakatlar ham yoritilgan. Maqola jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda dinning o‘rni va ahamiyatini chuqur anglashga xizmat qiladi.