Tadqiqotimizda biz nazorat va tajribaviy gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan oq laborator kalamushlarni o‘rgandik. Postnatal ontogenezning turli davrlarida me’da osti bezining morfologik tahlillari natijasida, nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, rivojlanish kechikishi va tomir devorining individual tarkibiy qismlarining shakllanishida sezilarli o‘zgarishlar aniqlangan. Tajriba boshlangandan keyingi birinchi kunlardan boshlab barcha tajriba hayvonlarida arteriya devoridagi o‘zgarishlar qayd etildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezi hujayralari va ularning qon tomirlarida morfologik o‘zgarishlar yuzaga keladi.
В данной статье рассматриваются роль и стратегическое значение внутреннего аудита в оценке эффективности систем внутреннего контроля и управления рисками в коммерческих банках. Внутренний аудит является важным инструментом обеспечения прозрачности, безопасности и стабильности банковской деятельности, который служит для оценки функционирования системы внутреннего контроля, выявления существующих рисков и повышения эффективности управления ими. Автор анализирует роль, задачи и условия эффективной деятельности внутреннего аудита на основе требований Базеля III и международного опыта. Также рассматриваются существующие проблемы внутреннего аудита в банковской системе Узбекистана и разрабатываются практические рекомендации по его совершенствованию.
Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Bizni kemiruvchi illatlar” asaridagi tanqidiy ruh, islohotparvarlik g‘oyalari hamda ma’rifat targ‘iboti badiiy va ijtimoiy tahlil asosida yoritiladi. Muallif tomonidan ilgari surilgan illatlar – jaholat, e’tiqodsizlik, tarbiya va ta’limdagi zaiflik, xalqning ijti theoiy sustligi chuqur tahlil qilinib, ular bugungi kun bilan qiyosiy asosda tahlil etiladi. Behbudiyning tanqidi o‘tkir, xalqning ruhiy uyg‘onishiga xizmat qiluvchi vosita sifatida ko‘rsatiladi. Asardagi badiiy ifoda, stilistik vositalar va publitsistik ohang maqolada tahlil markazida turadi. Maqola adabiy-tarixiy yondashuv asosida yozilgan bo‘lib, jadid adabiy merosini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada banklarda elektron pullar bilan bog‘liq buxgalteriya hisobini yuritish va ularni audit qilish tizimining zamonaviy talablar asosida takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi sharoitida elektron pullar bank amaliyotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shu bois ularni hisobga olishda xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMS) muvofiq yondashuvlar zarur bo‘lib bormoqda. Maqolada O‘zbekiston banklarida elektron pul operatsiyalarining buxgalteriya yozuvlari, ichki nazorat tizimi va tashqi audit jarayonlari chuqur o‘rganilgan hamda mavjud muammolar va yechim yo‘llari aniq ko‘rsatib berilgan. Xususan, elektron pul operatsiyalarining avtomatlashtirilgan nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, raqamli audit vositalarini joriy etish va buxgalteriya hisobotini real vaqt rejimida yuritish kabi takliflar ilgari surilgan. Xalqaro amaliyotlar asosida solishtirma tahlillar o‘tkazilib, O‘zbekistonda ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan konseptual tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada art-pedagogika tushunchasining mohiyati va uning maktab o‘quvchilarini estetik tarbiyalashdagi o‘rni yoritilgan. Xorijiy davlatlar, xususan, Finlandiya ta’lim tizimi tajribasi tahlil qilinib, uning O‘zbekiston ta’lim tizimiga ta’siri ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, art-pedagogika maktab yoshidagi bolalarning ijodkorlik salohiyati, estetik didi, madaniy ongini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan.