Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari yoritilgan. Fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik burchlari jamiyat taraqqiyoti va barqarorligining asosiy omili sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada har bir fuqaroning Konstitutsiyaga rioya etish, davlatni himoya qilish, soliq to‘lash, tarixiy va madaniy merosni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi burchlari to‘g‘risida batafsil tushuncha berilgan. Burchlarning bajarilishi mamlakatda qonun ustuvorligini, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu maqolada ikki o'lchovli termoelastiklik masalasining chekli elementlar usuli yordamida sonli yechimi ko'rib chiqilgan. Tekis deformatsiya holatidagi termoelastik muammoning matematik modeli, uni yechish algoritmi va Python dasturlash tilida yaratilgan dastur kodi batafsil bayon qilingan. Issiqlik o'tkazuvchanlik va mexanik deformatsiyalar bog'langan holda yechilgan bo'lib, hisoblash natijalari grafik shaklda taqdim etilgan. Olingan natijalar asosida harorat taqsimoti, termik deformatsiyalar va kuchlanishlar tahlil qilingan hamda yechimning amaliy ahamiyati ko'rsatilgan. Maqolada taklif etilgan metodika mexanika va materiallar muhandisligi sohasida issiqlik va mexanik ta'sirlarni baholash uchun foydalanilishi mumkin.
Ushbu maqolada oʻzbek tili isteʼmol doirasining tobora torayib borayotgani, bunaqa holatning sabablarini — blogerlar, sanʼatkorlar, ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy taʼsirlar va yoshlarning tilga nisbatan beparvoligi tahlil qilinadi. Shuningdek, tilni asrash, adabiy meʼyorlarga amal qilish va bu boradagi masʼuliyat haqida keng fikr yuritiladi.
Ushbu maqolada banklarning investitsion faoliyati bo‘yicha hisobotlarining iqtisodiy tahlilidagi ahamiyati va ular orqali olinadigan ma’lumotlarning qiymati, shuningdek, investitsion bank hisobotlarining ijobiy va salbiy tomonlari batafsil tahlil qilinadi. Hisobotlar iqtisodiy tahlil, investitsion jarayonlar va moliyaviy qarorlar uchun zaruriy asoslardir, ular bank sektorini shaffoflashtirish, iqtisodiy xatarlarni aniqlash, va investitsiya muhiti bo‘yicha aniq tavsiyalar berishda yordam beradi. Biroq, investitsion bank hisobotlarining ba’zi salbiy tomonlari, masalan, noaniqliklar, cheklangan ma’lumotlar va noto‘g‘ri tahlil usullarining qo‘llanilishi kabi masalalar ham mavjud. O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsion bank hisobotlarining ahamiyati kundan-kunga ortib borayotgani inobatga olinib, ushbu maqolada bank sektori va investitsiyalarni rivojlantirishga oid tavsiyalar ham taqdim etiladi.