Mazkur maqolada psixologiya fanining tarixiy ildizlari, qadimgi falsafiy qarashlardan boshlab zamonaviy ilmiy yondashuvlargacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari o‘rganiladi. Psixologiyaning fan sifatida shakllanishida muhim rol o‘ynagan olimlarning g‘oyalari, psixologiyaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishi va uning rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada Buxoro amirligini mustamlaka qilish bosqichlari koʻrib chiqilib, Rossiya imperiyasining 19-asr davomida Markaziy Osiyodagi ekspansionistik kun tartibi, asosiy siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bir qatorda, bu harakatning hududiy-siyosiy oqibatlari ham koʻrib chiqiladi. Buxoro amirligining muxtoriyat siyosatini amalga oshira olmasligi, Rossiyaning iqtisodiy va harbiy tazyiqlari, ichki siyosiy nizolar bu istiloga turtki bergan unsurlar sifatida baholanadi. Tadqiqot tarixiy yozuvlar, diplomatik yozishmalar va zamonaviy tarixshunoslikka asoslangan.
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda psixologiya fanining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, hozirgi kundagi yutuqlar, mavjud muammolar va istiqbolli yoʻnalishlar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, psixologiya sohasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, ta’lim tizimiga joriy etilayotgan yangiliklar va psixologik xizmatlarning jamiyatdagi o‘rni yoritiladi.
Mazkur maqolada Alisher Navoiy tomonidan yozilgan “Saddi Iskandariy” dostoni tahlil qilinadi. Asarning umumiy hajmi, tuzilishi, janr xususiyatlari hamda tarixiy va diniy manbalarga asoslangani ilmiy yondashuv asosida yoritilgan. Dostonning Qurʼoni Karimdagi Zulqarnayn haqidagi oyatlar bilan bogʻliqligi, shuningdek, unda Iskandar obrazining badiiy-falsafiy talqini ochib beriladi. Asar orqali adolatli va ilmli rahbar timsoli yaratilib, o‘zbek epik an’analarida yangi bosqich boshlab berilgani ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, dostondagi g‘oyaviy mazmunning bugungi davr uchun ham dolzarbligi asoslab beriladi.
Mazkur maqolada tarix darslarida dramatizatsiya va rolli o‘yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil etilgan. Interfaol metod sifatida bu usullar o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirish, tarixiy voqealarni chuqur anglash, tanqidiy fikrlash, empatiya va ijodkorlik kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Vygotskiy va Piaget nazariyalari asosida dramatik yondashuvlarning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, dramatizatsiya va rolli o‘yinlarni dars jarayonida samarali qo‘llashga doir tavsiyalar keltirilgan.