Maqolada qurilish sanoati korxonalarida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirishning usullari ya’ni nusxalash va ilg’or tajribali tuzilmalarni yaratishning sifat usullari va iqtisodiy-matematik va tashkiliy madellashtirish usullari yoritib berilgan. Usullarning amaliyotda qo’llanilishining afzalliklari ko’rsatilgan.
Mazkur maqolada o‘zbekiston hududlarida iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishda infratuzilma loyihalarining ahamiyati va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda transport, energetika, kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishi mintaqaviy iqtisodiy faollikka ko‘rsatadigan ta’siri iqtisodiy tahlil usullari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida qurilish korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari keng yoritilgan. Tadqiqotda qurilish sohasida menejment tizimining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion boshqaruv texnologiyalarini joriy etish, raqamli transformatsiya, inson resurslarini rivojlantirish hamda xarajatlarni optimallashtirish orqali korxona faoliyatining iqtisodiy natijalarini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola natijalariga ko‘ra, qurilish korxonalarida samarali boshqaruv tizimini shakllantirish raqobatbardoshlikni oshirish, foydalilik darajasini yuqorilatish va barqaror rivojlanishni ta’minlashning muhim omili sifatida e’tirof etiladi.
Ushbu maqolada qurilish va qurilish industriyasi korxonalarida mahsulot sifatini oshirish muammolarini tahlili hamda sifatni tezkor nazorat qilish tizimini yaratish usullari yoritib berilgan. Shuningdek, unda tizimni joriy qilish uchun tayyorgarlik ishlarini turlari, nazorat tizimini yakuniy natijalarini tavsifi, xulosa va tavsiyalar berilgan.