Ushbu maqolada qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonining atrof-muhitga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri tahlil qilingan. Sement, g‘isht, metall va boshqa qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish natijasida atmosferaga chiqadigan zararli moddalarning miqdori, tabiiy resurslarning kamayishi hamda chiqindilarning ortishi ekologik muammolarni keltirib chiqarayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada ekologik xavfni kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari — resurslarni tejaydigan texnologiyalar, qayta ishlangan materiallardan foydalanish, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish va muqobil energiya manbalaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijasida qurilish sohasida “yashil texnologiyalar”ni joriy etish atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim omil ekanligi ta’kidlangan.
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot konsepsiyasi sharoitida qurilish tarmog‘ining o‘zgarish jarayonlari, transformatsiya yo‘nalishlari, ekologik va iqtisodiy omillarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston misolida qurilishda ekologik barqarorlikni ta’minlash, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va xalqaro tajribani o‘rganishning dolzarb masalalari yoritilgan.
Maqolada yashil iqtisodiyot strategiyasi doirasida qurilishning hozirgi holati tahlil qilinadi. Energiya samaradorligi, ekologik materiallar, barqaror dizayn va suv resurslarini tejash kabi yashil qurilish texnologiyalari ko‘rib chiqiladi. Global va mahalliy tendensiyalar, muammolar va istiqbollar tahlil qilinib, O‘zbekistonda yashil qurilishning rivojlanish imkoniyatlari ko‘rsatildi.
Ushbu maqolada MATLAB va Maple dasturlarining integratsiyalashgan holda qo‘llanishi orqali matematik modellashtirish, analitik va raqamli yechimlarni uyg‘unlashtirish, ma’lumot almashinuvi, API orqali integratsiya qilish, hamda yakuniy integratsion loyiha orqali talabalarda tizimli, analitik, tadqiqotga yo‘naltirilgan fikrlashni rivojlantirish yoritib berilgan.
Ushbu maqolada sun’iy intellekt va avtomatlashtirish texnologiyalarining O‘zbekiston mehnat bozoriga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida avtomatlashtirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi bilan birga, past malakali ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, yangi kasblar va texnologik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi, mehnat bozorida malaka tuzilmasining o‘zgarishi yoritilgan. Maqolada ta’lim tizimini raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirish zarurligi asoslab berilgan.