Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda “O‘qish savodxonligi” darslarida she’riy matnlar bilan ishlashning pedagogik va uslubiy asoslari, xususan, 2-sinf darsliklari misolida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot o‘quvchilarning o‘qish, og‘zaki nutqi, ifodali o‘qish qobiliyati, tasavvur va estetik tafakkurini rivojlantirishda she’riyatning ahamiyatini ko‘rsatadi. Dars jarayonida she’riy matnlarni tahlil qilish va izohlashda qo‘llaniladigan o‘qitishning samarali usullari, interfaol yondashuvlari, didaktik tamoyillarga alohida e’tibor beriladi. Maqolada 2-sinf darsliklariga kiritilgan she’rlarning mazmuni va tuzilishi ham tahlil qilinib, she’rga asoslangan topshiriqlar orqali o‘quvchilarning idrok etishi, so‘z boyligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish yo‘llari tushuntirilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarga yo‘naltirilgan darslarni tashkil etish va ijobiy o‘qish muhitini yaratishda o‘qituvchilarning roli alohida ta’kidlangan. She’riy matnlar orqali o‘qish savodxonligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Ushbu maqolada dissirkulyator ensefalopatiya (DE) bilan kechuvchi bemorlarda kuzatiladigan depressiv holatlarning erta diagnostikasi va profilaktikasi masalalari yoritilgan. DE — miyaning surunkali qon ta’minoti yetishmovchiligi bilan bog‘liq neyrodegenerativ kasallik bo‘lib, unda emotsional beqarorlik, apatiya, motivatsiya yo‘qolishi, ruhiy tushkunlik kabi depressiv simptomlar tez-tez uchraydi. Maqolada vaskulyar depressiya tushunchasi, uning patogenez asoslari, neyromediator tizimlaridagi disbalans hamda serebral mikrosirkulyatsiya buzilishlari bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Erta diagnostika uchun klinik-nevrologik baholash, psixometrik testlar (Beck, Hamilton, GDS), MRT/KT, Doppler ultratovush va laborator usullarni birgalikda qo‘llash tavsiya etiladi. Profilaktika qismida qon bosimi, glyukoza va lipid darajasini me’yorda ushlab turish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, psixoterapiya va nootrop vositalarni qo‘llashning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Xulosa sifatida, dissirkulyator ensefalopatiyada depressiv holatlarni erta aniqlash va kompleks profilaktika choralari bemorning hayot sifatini yaxshilaydi hamda kasallikning surunkalashuvini sekinlashtiradi degan ilmiy xulosa keltiriladi.
Avtomobil yo‘llarida ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarining oraliq qurilmalarni hisoblash dasturlarining ishlab chiqish algoritmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblash jarayonining butunligicha boshqaradigan bosh va keyingi ma’lumotlarni taqdim etish haqida so‘z boradi.
Mazkur maqolada adabiyotshunoslikka oid nazariy adabiyotlarda qo‘rquv masalasining o‘rganilishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda qo‘rquv tushunchasining estetik, psixoanalitik va strukturalistik nazariyalar doirasidagi talqinlari ko‘rib chiqiladi. Edmund Burke’ning ulug‘vorlik (sublim), Zigmund Freyd’ning g‘ayrioddiylik (unheimliche), Julia Kristeva’ning abjeksiya hamda Tsvetan Todorov’ning fantastik haqidagi qarashlari asosida qo‘rquvning badiiy matndagi vazifasi yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotshunosligida qo‘rquv va tahlika kategoriyalariga munosabat masalasi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari qo‘rquv adabiyot nazariyasida mustaqil estetik kategoriya sifatida shakllanganini asoslaydi.