Ushbu maqolada “UZTRANSGAZ” AJning moliyaviy barqarorligi tahlil qilinib, uning asosiy ko‘rsatkichlari orqali kompaniyaning moliyaviy holati baholanadi. Shuningdek, moliyaviy xatarlarni kamaytirish va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar taklif etiladi. Maqolada moliyaviy tahlil usullari, jumladan likvidlik, rentabellik va samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida tahlil olib boriladi.
Ushbu maqolada inson resurslarini boshqarish (HRM) tushunchasi, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy davrda tutgan o‘rni yoritilgan. Inson resurslari tushunchasining shakllanishi, rivojlanish jarayonlari va HRM nazariyasining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy inson resurslarini boshqarishning samarali yondashuvlari, ularning tashkilotlar faoliyatidagi ahamiyati va amaliyotda tatbiq etish usullari muhokama qilingan. Maqolada kadrlar menejmentining asosiy yo‘nalishlari, xodimlarni jalb qilish, rag‘batlantirish va rivojlantirish kabi muhim jihatlar ko‘rib chiqilib, bugungi kunda global raqobat sharoitida inson kapitalining strategik ahamiyati alohida ta’kidlangan.
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim sohasidagi xalqaro, milliy va hududiy o‘zgarishlar, global tendensiyalar, milliy strategiyalar va joylardagi amaliyotlar tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limga oid ilg‘or tajribalar, yondashuvlar hamda pedagogik ta’limning zamonaviy yo‘nalishlari oʻrganiladi. Shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarning sifatli ta’lim olishiga oid imkoniyatlarni kengaytirish va barqaror rivojlanish maqsadlarida inklyuziv yondashuvlarning roli tahlil qilinadi. Maqolada ilmiy-nazariy asoslar bilan bir qatorda real misollar va statistik ma’lumotlarga tayanilgan.
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining huquqiy asoslari, protsessual talablari va uni rivojlantirish yo‘llarini o‘rganadi. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining normalari tahlil qilinib, Germaniya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi xorijiy davlatlar tajribasi bilan solishtirildi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda faqat qonunlarga qarshi shikoyat qilish imkonini beruvchi qisman konstitutsiyaviy shikoyat instituti joriy etilgan bo‘lib, bu tizimning qamrovi va foydalanish imkoniyatlari xalqaro standartlarga, xususan, Venetsiya komissiyasi tavsiyalariga moslashtirishni talab qiladi. Takliflar orasida to‘liq konstitutsiyaviy shikoyat modelini joriy etish va protsessual samaradorlikni oshirish kiradi.
Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorga chiqish jarayonida duch kelayotgan asosiy muammolari — resurs yetishmovchiligi, raqobatbardoshlik darajasining pastligi, eksport salohiyatining cheklangani — chuqur tahlil qilinadi. Shu muammolar yechimi sifatida maqolada OEM (Original Equipment Manufacturer) strategiyasi ilgari suriladi va uning amaliy imkoniyatlari ochib beriladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, mahalliy kompaniyalar OEM modeliga o‘tish orqali xalqaro bozorda faol ishtirok etish, investitsiya jalb qilish va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, maqolada strategiyani muvaffaqiyatli joriy etish uchun zarur bo‘lgan muhit, siyosiy yondashuv va tizimli yondashuvlar ham ko‘rib chiqiladi.