Mazkur maqolada investitsiyalar hisobini yuritishda International Financial Reporting Standards (IFRS)ning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilish jihatlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida investitsiyalarni tan olish mezonlari, ularni baholash usullari (dastlabki qiymat, adolatli qiymat va amortizatsiyalangan qiymat), shuningdek moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tamoyillari atroflicha o‘rganildi. Maqolada IFRS asosida yuritiladigan hisob tizimining afzalliklari, jumladan moliyaviy axborotlarning shaffofligi, ishonchliligi va xalqaro darajada taqqoslanishi asoslab berilgan. Shuningdek, xalqaro standartlar asosida investitsiyalar hisobini yuritish korxonalarning investitsion jozibadorligini oshirishi, xorijiy investorlarni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirishi hamda global moliya bozorlariga integratsiyalashuv jarayonini tezlashtirishi yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, IFRSni amaliyotga joriy etish investitsiya faoliyatini samarali boshqarish va moliyaviy risklarni kamaytirishda muhim omil hisoblanadi.
Mazkur maqolada gerontopsixologiya fanining mohiyati, uning predmeti va vazifalari, shuningdek, qarilik davrida inson psixikasida yuz beradigan o‘zgarishlar ilmiy asosda yoritilgan. Qariyalik davrida kognitiv jarayonlar, emotsional holat, ijtimoiy moslashuv va shaxs rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, qariyalar bilan ishlashning psixologik usullari va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.
Glucagon-like peptide-1 (GLP-1) receptor agonists have become a cornerstone in the management of type 2 diabetes mellitus (T2DM) and obesity. Among them, semaglutide stands out as one of the most potent agents, demonstrating robust glycemic control, substantial weight reduction, and cardiovascular risk mitigation. GLP-1 agonists exert their effects through glucose-dependent insulin secretion, suppression of glucagon release, delayed gastric emptying, and central appetite regulation. Semaglutide, with its extended half-life and convenient weekly dosing, offers superior metabolic outcomes compared to earlier GLP-1 analogs. Landmark trials such as SUSTAIN, STEP, and SELECT highlight its efficacy in glycemic control, weight loss, and cardiovascular event reduction. Despite its benefits, semaglutide is associated with gastrointestinal side effects and rare risks such as pancreatitis. This review synthesizes current knowledge on GLP-1 agonists, emphasizing semaglutide’s mechanisms, clinical efficacy, safety profile, and future innovations in metabolic medicine.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining diniy ekstremizmga qarshi kurashish borasidagi tajribasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada diniy ekstremizm tushunchasi jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi omil sifatida talqin etilib, uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yoritiladi. Shuningdek, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, aholi, ayniqsa yoshlar ongida sog‘lom diniy dunyoqarashni shakllantirish masalalari ochib beriladi. Maqolada ekstremizmga qarshi kurashishda huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ijtimoiy mexanizmlarning o‘rni tahlil qilinib, mamlakatning bu boradagi o‘ziga xos yondashuvi va xalqaro hamkorlik tajribasi yoritiladi.