Ushbu maqolada zamonaviy travmatologiya va ortopediyada sun’iy intellekt (SI) hamda mashinali o‘qitish (Machine Learning) texnologiyalarini diagnostika jarayoniga tatbiq etish masalalari yoritilgan. Rentgenografiya, kompyuter tomografiyasi (KT) va magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) tasvirlarini tahlil qilishda SI algoritmlarining o‘rni, suyak sinishlarini aniqlash tezligi va aniqligi sub’ektiv xatoliklarni kamaytirish nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Shuningdek, travmatologiyada SI tizimlarining klinisyenlar faoliyatidagi samaradorligi, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilingan.
This study offers an extensive examination of the literary career and artistic legacy of Utkir Hoshimov, one of the most influential representatives of modern Uzbek literature. The article investigates the evolution of his creative work across different historical periods, focusing on his prose, drama, and publicistic writings. Particular emphasis is placed on his exploration of moral philosophy, psychological realism, and socio-cultural transformation. By applying a multidisciplinary approach that combines literary theory, historical context, and textual analysis, the study demonstrates that Hoshimov’s works function both as aesthetic achievements and as critical reflections of Uzbek society. The findings reveal that his contribution lies not only in thematic richness but also in the development of narrative techniques that bridge traditional and modern literary paradigms.
Ushbu maqolada musiqa madaniyati fanining o‘quvchilar milliy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishdagi vazifalari tahlil qilinadi. Milliy musiqa merosi, xalq qo‘shiqlari, milliy cholg‘u sozlari va maqom san'atining ta'lim jarayoniga integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va musiqa pedagogikasi sohasidagi ilmiy asoslar tahlili orqali musiqa darslarida milliy tafakkurni oshirishning samarali yo‘llari tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, musiqa madaniyati fanini to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik hissi va madaniy identitetni mustahkamlashga bevosita xizmat qiladi.
Maqolada insonning ichki parchalanishi, begonalashuv, axloqiy beqarorlik va ommaviy madaniyat bosimi kabi bugungi ijtimoiy-maʻnaviy tugunlar olti mutafakkirning matnlari asosida talqin qilinadi. Tadqiqotning maqsadi Shopengauer, Fromm, Freyd, Yung, Oruell va Rassel qarashlarida insonning maʻnaviy inqirozi qanday tushuntirilishini qiyosiy-falsafiy yoʻl bilan ochishdir. Metod sifatida germenevtik tahlil, tarixiy-qiyosiy tahlil, semiotik oʻqish va diskurs tahlili qoʻllandi; bunda asosiy eʻtibor original asarlar, qayta nashrlar, sharhlar va konseptual izohlar oʻrtasidagi maʻno farqlariga qaratildi. Tahlil natijasida oltita muallifda umumiy uch yoʻnalish ajralib chiqdi: irodaning izdan chiqishi, ongsizlikning hukmronligi va ijtimoiy tizimning shaxsni standartlashtirishi. Shu bilan birga, har bir muallif muammoni turlicha markazlashtiradi: Shopengauer istak va iztirob zanjirini, Freyd ichki toʻqnashuvni, Yung arxetipik boʻlinishni, Fromm erkinlikdan qochishni, Oruell nazorat va til manipulyatsiyasini, Rassel esa aql va tinchlikning yemirilishini asosiy nuqta sifatida koʻrsatadi. Sintez shuni koʻrsatadiki, ularning qarashlari bir-birini inkor etmaydi, balki zamonaviy insonning maʻnaviy himoyasizligini turli darajalarda yoritadi. Ilmiy hissa sifatida mazkur maqola ijtimoiy falsafada klassik gʻoyalarning yagona muammo maydonida tutashishini koʻrsatadigan integrativ talqin modelini taklif etadi.
Mazkur maqolada internet tarmog‘i orqali qonuniy daromad olish faoliyatini rasmiylashtirishning huquqiy asoslari tahlil qilingan. Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor maqomlarini olish tartibi, ularning afzalliklari, soliqqa tortishning soddalashtirilgan mexanizmlari hamda onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, elektron tijorat faoliyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish va sotuvchilarning asosiy majburiyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada internet orqali daromad topayotgan fuqarolar uchun faoliyatni qonuniylashtirishning amaliy ahamiyati hamda uni amalga oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich tavsiyalar berilgan.