Mazkur maqolada Oʻzbekistonda kreativ iqtisodiyot loyihalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, institutsional mexanizmlari hamda amaliy yoʻnalishlari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Kreativ iqtisodiyot madaniyat, san’at, dizayn, axborot texnologiyalari, media industriyasi, arxitektura, reklama, moda, hunarmandchilik va boshqa intellektual faoliyat turlarini qamrab olgan holda milliy iqtisodiyotning yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi innovatsion drayveriga aylanib bormoqda. Tadqiqotda Oʻzbekiston sharoitida kreativ klasterlar va inkubatsiya markazlarini tashkil etish, startap ekotizimini rivojlantirish, raqamli platformalar orqali kreativ mahsulotlarni tijoratlashtirish hamda davlat tomonidan soliq imtiyozlari, grantlar va institutsional qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, kreativ loyihalarni moliyalashtirishning zamonaviy manbalari (venchur kapital, kraudfanding, xususiy investitsiyalar), ularning eksport salohiyati, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari hamda hududiy iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi.
Mazkur matnda tarbiyaning inson hayotidagi ahamiyati hamda uning shaxs kamolotidagi o‘rni yoritilgan. Zamonaviy jamiyat sharoitida bolalar tarbiyasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar — axborot texnologiyalari, ijtimoiy muhit, axloqiy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi va oilaning roli tahlil qilingan. Shuningdek, barkamol va ijtimoiy mas’uliyatli shaxsni shakllantirishda ota-onalar, ta’lim muassasalari va jamiyat hamkorligining ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy iqtisodiyot va biznes rivojlanishining yangi bosqichlari, ularning institutsional, innovatsion va texnologik transformatsiya jarayonlari bilan o‘zaro uzviy bog‘liqligi hamda global iqtisodiy tizimda yuz berayotgan strukturaviy o‘zgarishlarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Xususan, maqolada postindustrial iqtisodiyot sharoitida raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va platforma iqtisodiyoti kabi zamonaviy innovatsion komponentlarning biznes jarayonlari samaradorligini oshirishdagi strategik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, tadqiqot doirasida raqamli iqtisodiyot konsepsiyasining shakllanishi, uning iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishdagi o‘rni, startap ekotizimining iqtisodiy diversifikatsiya jarayonlariga qo‘shayotgan hissasi, innovatsion tadbirkorlik faoliyatining milliy va global iqtisodiyotdagi raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi roli atroflicha o‘rganilgan. Bundan tashqari, maqolada yangi biznes modellarining, jumladan, elektron tijorat, raqamli platformalar, frilans iqtisodiyoti va masofaviy boshqaruv tizimlarining iqtisodiy munosabatlarni modernizatsiya qilishdagi o‘rni hamda iqtisodiy subyektlarning moslashuvchanligini oshirishdagi funksional ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari, global integratsiya jarayonlari, investitsion faollik darajasi, innovatsion salohiyat va inson kapitalining iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Shu bilan birga, iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi natijasida yuzaga kelayotgan yangi institutsional muhit, biznes yuritish mexanizmlarining takomillashuvi, iqtisodiy samaradorlikning oshishi va yangi qiymat yaratish zanjirlarining shakllanishi masalalari ham ilmiy asosda ochib berilgan. Mazkur tadqiqot natijalari zamonaviy iqtisodiyot sharoitida biznesni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini aniqlash, innovatsion iqtisodiy siyosatni takomillashtirish, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini rivojlantirish va milliy iqtisodiyotning barqaror hamda raqobatbardosh rivojlanishini ta’minlashda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ushbu maqola iqtisodiyot va biznes sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, iqtisodchilar, menejerlar va tadbirkorlar uchun muhim ilmiy-uslubiy manba sifatida xizmat qilishi mumkin.
Mazkur maqolada jinoyat protsessi doirasida ushlab turilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarni tergov hibsxonalarida saqlashning milliy va xalqaro-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kafolatlash, hibsxonalar faoliyatiga oid qonunchilik bazasini insonparvarlashtirish hamda «Xabeas korpus» instituti va Mandela qoidalari talablarini amaliyotga chuqurroq tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tergov hibsxonalarida saqlash tartibi va shartlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy takliflar ilgari suriladi.
Mazkur tadqiqotda «Yangi O‘zbekiston» taraqqiyoti sharoitida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash borasidagi mavjud muammolar tizimli tahlil qilingan. Davlat va jamiyat boshqaruvida amalga oshirilayotgan islohotlar fonida ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishning yangi, konseptual yondashuvlari ishlab chiqilgan. Xususan, jamoat tartibini saqlashda huquqni qo‘llash amaliyotidagi kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla instituti bilan institutsional hamkorlikni kuchaytirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va proaktiv profilaktik modellarni yaratish orqali xavfsizlik arxitekturasini takomillashtirishning ilmiy-amaliy yechimlari asoslab berilgan.