25.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2
Abstract. Mazkur maqolada jinoyat protsessi doirasida ushlab turilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarni tergov hibsxonalarida saqlashning milliy va xalqaro-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kafolatlash, hibsxonalar faoliyatiga oid qonunchilik bazasini insonparvarlashtirish hamda «Xabeas korpus» instituti va Mandela qoidalari talablarini amaliyotga chuqurroq tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tergov hibsxonalarida saqlash tartibi va shartlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy takliflar ilgari suriladi.
Keywords: Ushlab turish, qamoqqa olish, ehtiyot chorasi, tergov hibsxonasi, huquqiy asoslar, inson huquqlari, aybsizlik prezumpsiyasi, Mandela qoidalari, prokuror nazorati, protsessual kafolatlar.