Kambag‘allikni qisqartirishda kо‘plab mamlakatlar ijobiy natijalarga erishgan bо‘lsa-da, hali ham kambag‘allik darajasi jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammo bо‘lib qolmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga kо‘ra, “mutlaq kambag‘allikda yashovchi dunyo aholisining ulushi 1990-yildagi 36% dan 2022-yilga kelib 9.2% ga taxminan 689 million kishigacha qisqardi” .
Zamonaviy ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlarida ro‘y berayotgan chuqur o‘zgarishlar menejment nazariyasi va amaliyotini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bunda iyerarxik, ya’ni bo‘ysinishga asoslangan boshqaruv modelidan gorizontal, hamkorlik tamoyiliga asoslangan modelga o‘tish jarayoni kuzatilmoqda. Ushbu maqolada mazkur boshqaruv modellarining nazariy asoslari, ularning tashkiliy-iqtisodiy mazmuni, zamonaviy menejmentdagi ahamiyati hamda O‘zbekiston sharoitidagi tatbiq imkoniyatlari keng yoritiladi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston depozit bozori rivojlanishining hozirgi holati, muammolari va istiqbollari tahlil qilinadi. Mamlakatda so‘nggi yillarda bank tizimini isloh qilish, aholining jamg‘arma madaniyatini shakllantirish hamda bank tizimiga ishonchni oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, davlat siyosatini takomillashtirish orqali depozit bozorini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari — moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, foiz siyosatini liberallashtirish, depozit sug‘urtasi tizimini kengaytirish va raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish masalalari tahlil etilgan. Maqolada shuningdek, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, uzoq muddatli depozitlarni rag‘batlantirish hamda innovatsion bank mahsulotlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Maqolada innovatsion iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanishdagi roli tahlil qilinadi. Innovatsion iqtisodiyotning mohiyati, asosiy xususiyatlari, iqtisodiy o‘sishga ta’siri va mamlakatlar strategiyasidagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada texnologik, ijtimoiy va ekologik innovatsiyalarning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan.