Mazkur maqolada ma’naviyatni shakllantirishda kitobxonlik madaniyatining o‘rni, uning yoshlar tafakkuri, dunyoqarashi va axloqiy kamolotiga ta’siri yoritilgan. Kitob mutolaasi orqali shaxsning intellektual salohiyati, ma’naviy barkamolligi va mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanishi tahlil qilingan. Shuningdek, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan.
Mazkur tadqiqotda ichki ishlar organlari xodimlarining jamoat tartibini saqlash faoliyatini tartibga soluvchi milliy qonunchilik bazasi hamda tashkiliy-tuzilmaviy (institutsional) mexanizmlari tizimli tahlil qilingan. Sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning amaliyotda qoʻllanilishi, tizimning quyi va yuqori boʻgʻinlari oʻrtasidagi boshqaruv munosabatlari, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahalla) bilan hamkorlikning huquqiy asoslari yoritilgan. Amaldagi qonunchilik va institutsional tuzilmadagi boʻshliqlarni bartaraf etish boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
Ushbu maqolada “Yusuf va Zulayho” dostonining nusxalari o’rtasidagi qiyosiy tahlil o’rganiladi va ular o’rtasidagi o’xshashliklar hamda farqli jihatlar ko’rib chiqiladi. Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonining shu turkumdagi dostonlar ichidagi ahamiyati hamda Yusuf va Zulayho obrazlari haqida fikr yuritiladi.
Ushbu maqolada harbiy xizmatchilarning huquqlari, ularning tasnifi va o‘ziga xos xususiyatlari nazariy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Muallif tomonidan harbiy xizmatchilar huquqlarini ta’minlashning zamonaviy konsepsiyasini ishlab chiqish zarurligini asoslantirilib, milliy va xorijiy olimlarning qarashlari, xalqaro standartlar hamda qiyosiy-huquqiy tajribalar ilmiy tadqiq etilgan.