Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida Xorazm viloyatida chop etilgan davriy nashrlar – gazeta va jurnallar sahifalarida urushga bo‘lgan munosabatning yoritilishi tahlil etiladi. Maqolada mazkur davr matbuotining urush voqealarini aks ettirishdagi uslublari, mavzular tanlovi, hamda axborotning ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatlardagi mazmuni chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, nashrlar orqali jamiyatda shakllangan ruhiy kayfiyat, xalqning urushga nisbatan fikr-mulohazalari, hamda matbuot vositalarining ma'naviy tarbiya va safarbarlikdagi roli alohida tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada o‘rta masofaga yuguruvchilarning yillik tayyorgarlik davridagi mashg‘ulot yuklamalarining tuzilishi, ularni rejalashtirish va sport natijalarini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. O‘rta masofaga yugurish sportchilardan yuqori darajadagi tezlik, chidamlilik va funksional tayyorgarlikni talab qiladi. Shu sababli mashg‘ulot jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish sportchilarning jismoniy va funksional imkoniyatlarini samarali rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada tayyorgarlik davrining bosqichlari, yuklamalarning hajmi va intensivligi hamda ularni taqsimlash usullari yoritilgan.
Mazkur maqolada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilimi, malaka va ko‘nikmalarini tekshirishda kompensator imkoniyatlardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Maqolada kompensatsiya tushunchasining mazmuni, uning maxsus pedagogika va tiflopedagogikadagi ahamiyati hamda ko‘rish analizatori faoliyati buzilganda boshqa sezgi tizimlarining faollashuvi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. L.S. Vigotskiy, A.N. Leontyev, B.G. Ananyev, A.G. Litvak, M.I. Zemtsova, L.I. Solntseva kabi olimlarning ilmiy qarashlari asosida kompensator mexanizmlarning psixologik-pedagogik mohiyati ochib berilgan.
This article examines lexical units that verbalize wedding rituals in Uzbek and German cultural contexts. The study focuses on the names of ritual objects, ceremonial actions, symbolic colours, verbal formulas and pre-wedding practices such as Verlobung, Verlobungsring, Polterabend, Gästebuch and Junggesellenabschied. The analysis demonstrates that wedding vocabulary is not a simple set of nominative units, but a complex linguocultural system in which collective memory, religious values, social roles and symbolic meanings are encoded. Uzbek wedding terminology reflects the importance of modesty, family blessing, communal participation and religious consent, whereas German wedding vocabulary more strongly emphasizes individual choice, public promise, legal recognition and ritualized symbolic acts. At the same time, both cultures share universal ideas of loyalty, purity, continuity and social recognition. The article also discusses borrowed and globalized ritual elements, such as the white wedding dress, the wedding cake and the throwing of the bouquet, showing how intercultural contact influences the semantic structure of wedding vocabulary.
Mazkur maqolada O‘zbek tili tarixi fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish masalalari tahlil qilinadi. Fan mashg‘ulotlarida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda innovatsion yondashuvlardan foydalanishning ta’lim samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, talabalarning tarixiy-lisoniy tafakkurini rivojlantirishda zamonaviy metodlarning ahamiyati ochib berilgan.