This article examines modern approaches to predicting the development of preeclampsia and implementing preventive measures in pregnant women with chronic pyelonephritis. The study assessed the clinical significance of maternal blood pressure, urinary protein levels, renal function, recurrent urinary tract infections, and fetal-placental monitoring during pregnancy. The findings indicate that recurrent urinary tract infections, deterioration of renal function, proteinuria, and progressive elevation of blood pressure may be associated with an increased risk of preeclampsia in pregnant women with chronic pyelonephritis. Individual risk stratification and regular antenatal monitoring may contribute to earlier identification of high-risk patients and timely implementation of preventive and therapeutic measures. Continuous assessment of maternal renal status and fetal-placental condition is particularly important for reducing the risk of maternal and perinatal complications. The results support an individualized approach to the management of pregnancy complicated by chronic pyelonephritis and emphasize the importance of early risk assessment and systematic maternal-fetal surveillance.
This study evaluates modern approaches to the diagnosis and treatment of ischemic heart disease in patients identified in the Fergana region. Particular attention is given to the clinical characteristics of patients, major cardiovascular risk factors, diagnostic findings, pharmacological treatment, and the use of revascularization procedures in selected cases. The study considers the role of electrocardiography, echocardiography, coronary imaging, and individualized medical therapy in the management of ischemic heart disease. The clinical effectiveness of treatment is assessed through changes in anginal symptoms, exercise tolerance, functional status, and the need for repeated cardiovascular care. The findings highlight the importance of combining early risk assessment, modern diagnostic technologies, evidence-based pharmacological treatment, appropriate revascularization, and long-term follow-up in improving cardiovascular care.
Ushbu maqolada XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotida yuzaga kelgan janriy yangiliklar hamda ularning shakllanishida jadid adabiyotining tutgan o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, she’riyatda barmoq vaznining keng qo‘llanilishi, nasrda hikoya, qissa va roman janrlarining shakllanishi, publitsistik yo‘nalishning rivojlanishi hamda dramaturgiyaning vujudga kelishi jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, jadid ma’rifatparvarlarining milliy adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ularning yangi adabiy janr va shakllarni rivojlantirishdagi faoliyati hamda ijodiy izlanishlari tahlil qilinadi. Jadid adabiyotida ilgari surilgan ma’rifat, milliy uyg‘onish, taraqqiyot va ijtimoiy ongni yuksaltirish g‘oyalarining adabiy jarayonga ta’siri ochib beriladi. Maqolada jadid adabiyotida shakllangan badiiy-estetik tamoyillarning keyingi davr, xususan, hozirgi o‘zbek adabiyotidagi janriy izlanishlarga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida jadid adabiyoti o‘zbek milliy adabiyotining yangilanishi va zamonaviy janrlar tizimining shakllanishida muhim adabiy-tarixiy omil bo‘lgani asoslab beriladi.
Maqolada oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimlarida (ISO 22000, HACCP) monitoring jarayonini takomillashtiruvchi raqamli texnologiyalar nazariy jihatdan tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar funksiyasiga koʻra xavflarni oʻlchash va aniqlash (biosensorlar, aqlli sensorlar va Internet of Things), maʼlumotni uzatish va kuzatuvchanlik (radiochastotali identifikatsiya va blokcheyn) hamda tahlil va bashorat (bashoratli mikrobiologiya va sunʼiy intellekt) nuqtai nazaridan koʻrib chiqilgan. Tahlil koʻrsatadiki, ushbu texnologiyalar birgalikda "Food Safety 4.0" konsepsiyasi doirasida monitoringni davriy laboratoriya tekshiruvidan uzluksiz, risk-asoslangan va maʼlumotga tayangan nazoratga aylantiradi hamda HACCP ning monitoring va verifikatsiya tamoyillarini kuchaytiradi. Shu bilan birga, texnologik yechimlarning samarasi oziq-ovqat xavfsizligi madaniyati va inson omili bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yuqori narx, tartibga solish, validatsiya va oʻzaro moslik masalalari ularni keng joriy etishni cheklaydi. Xulosalar Oʻzbekistonning eksportga yoʻnaltirilgan oziq-ovqat korxonalarida raqamli monitoringni bosqichma-bosqich joriy etish uchun nazariy va amaliy asos beradi.
Ushbu maqolamizda Markaziy Osiyo mamlakatlarida quyosh energetikasidan foydalanishning zamonaviy holati, mavjud salohiyati, rivojlanish imkoniyatlari va asosiy cheklovlari ilmiy adabiyotlar hamda xalqaro tashkilotlarning tahliliy ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning tabiiy-iqlimiy sharoitlari, quyosh radiatsiyasi resurslari, fotovoltaik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari hamda energetika tizimiga integratsiya masalalari umumlashtirilgan. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyo quyosh energetikasini rivojlantirish uchun yuqori tabiiy salohiyatga ega bo‘lsa-da, mavjud salohiyatdan foydalanish darajasi mamlakatlar bo‘yicha sezilarli darajada farq qiladi. Ayniqsa, mintaqaning quruq va issiq iqlimi quyosh panellarining ishlash samaradorligiga ta’sir qiluvchi changlanish, yuqori modul harorati va mavsumiy o‘zgaruvchanlik kabi omillarni yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, quyosh energiyasining o‘zgaruvchan tabiati elektr tarmoqlarining moslashuvchanligi, energiya saqlash texnologiyalari va mintaqalararo elektr almashinuvini rivojlantirishni talab etadi. Maqolada O‘zbekiston misolida quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va yirik quyosh hamda akkumulyator loyihalari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Markaziy Osiyoda quyosh energetikasini rivojlantirish faqat yangi generatsiya quvvatlarini qurish bilan cheklanmasdan, tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish, energiya saqlash tizimlarini kengaytirish, texnik xizmat ko‘rsatishning iqlimga mos usullarini joriy etish, investitsiyaviy muhitni takomillashtirish va mintaqaviy energetik hamkorlikni kuchaytirish bilan birgalikda olib borilishi zarurligi asoslangan.