This article examines the theoretical foundations, pedagogical opportunities, and effective methods for developing critical thinking skills in English language classes. The importance of critical thinking in the formation of communicative competence is highlighted, and the use of modern pedagogical approaches such as problem-based learning, discussions, debates, project-based learning, case studies, and reflective activities is justified. The findings indicate that lessons focused on critical thinking significantly contribute to the development of students’ language competence, logical reasoning, creativity, and independent decision-making abilities.
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni joriy etishning tashkiliy-didaktik tizimi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Inklyuziv ta'limning mazmuni, tamoyillari, pedagogik shart-sharoitlari hamda alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni ta'lim jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiya qilish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda inklyuziv ta'limni tashkil etishning tarkibiy komponentlari, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalari va rivojlantiruvchi ta'lim muhitini yaratish masalalari o‘rganilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilinib, maktabgacha ta'lim tizimida inklyuziv ta'lim samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llanilayotgan monetar siyosat instrumentlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda asosiy stavka, foiz koridori, ochiq bozor operatsiyalari, likvidlikni sterilizatsiya qilish vositalari, majburiy zaxira talablari hamda kommunikatsion siyosatning inflyatsiya, pul bozori foiz stavkalari, banklar likvidligi, depozitlar va kreditlash hajmiga ta’siri baholanadi. Tahlil 2021–2025-yillar ma’lumotlari hamda 2026-yil birinchi chorakdagi pul bozori ko‘rsatkichlariga asoslandi. Natijalar asosiy stavka va ochiq bozor operatsiyalari pul bozori stavkalarini Markaziy bank maqsadli ko‘rsatkichiga yaqinlashtirishda yuqori samaradorlikka ega ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, kreditlash, ayniqsa iste’mol kreditlari yuqori sur’atda o‘sishda davom etayotgani monetar transmissiya mexanizmi to‘liq shakllanib ulgurmaganini bildiradi. Maqolada monetar siyosat instrumentlari samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada Chingiz Aytmatov asarlarining chuqur falsafiy mazmunga ega ekanligi, tabiat va inson munosabatlari, unda inson hayoti, tarix, xotira va ma’naviyat masalalari, milliy afsona va ramzlardan foydalanish hamda insoniylik va vijdon masalalari keng yoritilgan. Maqolada insoniylikni saqlab qolishga va tarixiy xotirani qadrlashga chaqirishi, shu sababli bu asarlar jahon adabiyotining eng muhim va qimmatli asarlaridan biri hisoblanishi kabi yondashuvlar va milliy qadriyatlarga asoslangan fikrlar tahlil etilgan. Maqolada Chingiz Aytmatovning Jamila – asar tahlili, Oq kema – asar tahlili, Asrga tatigulik kun nomli asrlarini mazmun mohiyati ochib berilgan. Asarlarda insonlarga xos bo‘lgan fazilat beg‘uborligi, insoniylik va tabiatga mehr g‘oyalari yoritilgan.
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ruhiyatiga ta’siri, uning ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarning emotsional holati, muloqoti, o‘z-o‘zini baholashi va psixologik salomatligiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Maqolada yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishga o‘rgatishning ahamiyati ham ko‘rib chiqilgan.