14.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11
Abstract. Mazkur maqolada qadimgi uyg‘ur buddaviy adabiyotining ilk yodgorliklaridan biri – “Maitrisimit nom bitig” asarining Sengim nusxasida qo‘llangan teonimlar tarixiy-lisoniy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda tengri, burxan, tengrilar tengrisi burxan, mayitri burxan, qut tengrisi, kün tengri kabi birliklar hamda zardushtiylik va hinduiylik panteonidan o‘zlashgan azrua, hormuzta, vishnu, maheshvari teonimlari semantik, struktur va genetik jihatdan tasniflanadi. Tahlil natijasida qadimgi turkiy tengri leksemasining buddaviy muhitda semantik torayishga uchragani, ko‘p komponentli teonimlarning sanskrit birikmalaridan kalka yo‘li bilan shakllangani hamda teonimlarning bir diniy tizimdan ikkinchisiga ko‘chishi (transonomizatsiya) asoslab beriladi. Olingan natijalar o‘zbek tili teonimiyasining islomgacha bo‘lgan qatlamini o‘rganishda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Keywords: teonim, teonimiya, qadimgi uyg‘ur tili, Maitrisimit nom bitig, tengri, burkan, kalka, transonomizatsiya, buddaviylik, teoforik antroponim.