14.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11
Abstract. Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at to‘garaklarini tashkil etishning pedagogik-metodik asoslari, mashg‘ulotlarni rejalashtirish, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish va samarali o‘qitish metodlaridan foydalanish masalalari yoritilgan. O‘zbek olimlari R. Hasanov, S. Abdirasilov, N. Tolipov, X. Sultanov va S. Sobirovning tasviriy san’atni o‘qitish metodikasiga oid ilmiy-uslubiy qarashlari tahlil qilinib, ularni to‘garak mashg‘ulotlariga tatbiq etish imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, mashg‘ulotlarni bosqichma-bosqich tashkil etish, differensial yondashuv, muammoli-ijodiy topshiriqlar, loyiha metodi va refleksiv baholash asosida o‘quvchilarning badiiy-estetik kompetensiyalarini rivojlantirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: tasviriy san’at, to‘garak mashg‘ulotlari, o‘qitish metodikasi, ijodiy qobiliyat, estetik tarbiya, interfaol metod, kompozitsiya, differensial ta’lim, loyiha metodi, badiiy tafakkur.