Alisher Navoiy ijodiy merosi o‘zbek mumtoz adabiyotining bebaho ma’naviy boyligi bo‘lib, unda insoniylik, muhabbat, sadoqat, ezgulik va komillik kabi umuminsoniy qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan ifodalangan. Buyuk mutafakkirning adabiy merosini chuqur o‘rganish, undagi ma’naviy-axloqiy g‘oyalarni yosh avlod ongiga singdirish bugungi adabiyotshunoslikning muhim vazifalaridan biridir. Shu nuqtayi nazardan, Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibiga kiruvchi “Layli va Majnun” dostoni alohida ilmiy va badiiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada dostondagi asosiy va yordamchi obrazlarning badiiy tavsifi, ularning xarakter xususiyatlari, o‘zaro munosabatlari hamda asar g‘oyasini ochib berishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, Qays (Majnun), Layli, Navfal, Ibn Salom va Zayd obrazlari misolida muhabbat, sadoqat, ruhiy iztirob, ijtimoiy tengsizlik va ma’naviy kamolot masalalari yoritiladi. Shuningdek, obrazlarning ramziy-majoziy mazmuni, ularning tasvirida qo‘llanilgan badiiy vositalar va Navoiy ijodiy mahoratining o‘ziga xos jihatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Maqolada obrazlar tizimi orqali dostonda ilgari surilgan insonparvarlik va pok muhabbat g‘oyalarining badiiy ifodasi ochib beriladi.
Ushbu maqolada tuproq shorlanishining sabablari, turlari va darajalari, shorlanishning qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligiga ta'siri hamda shorlangan yerlarni yaxshilash usullari, jumladan, organik o'g'itlardan foydalanish haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy axborot jamiyatida o'smirlar o'rtasida kiberbulling, ya’ni raqamli ta'qib va zo'ravonlik hodisasining huquqiy tartibga solinishi, jinoiy hamda ma'muriy javobgarlik masalalari va profilaktik mexanizmlar kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy hamda normativ-tahliliy metodlardan foydalanilgan holda, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasi, Buyuk Britaniya, AQSh, Janubiy Koreya, Singapur hamda Indoneziya huquqiy tizimlari qiyosiy o'rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston milliy qonunchiligida kiberbullingning normativ ta'rifi va unga qarshi maxsus sui generis qonun hujjatining mavjud emasligi huquqni qo'llash amaliyotida muammolarni keltirib chiqarmoqda. Maqolada o'smirlarga nisbatan retributiv (jazolash) yondashuvdan ko'ra restorativ (tiklovchi) odil sudlov modelini qo'llash, ijtimoiy platformalar mas'uliyatini oshirish hamda ta'lim muassasalarida raqamli gigiyena va media savodxonlik profilaktikasini institutlashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
Kirish. Ushbu ilmiy ishda zamonaviy ta'lim tizimida o'quvchi va talabalarning tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishning pedagogik, kognitiv hamda metodologik usullari va mexanizmlari tahlil qilinadi. Dunyoning yetakchi rivojlangan mamlakatlari (AQSh, Finlyandiya, Germaniya, Shvetsiya, Singapur, Janubiy Koreya va Avstraliya) ta'lim amaliyotidagi ilg'or metodikalar qiyosiy o'rganildi. Shuningdek, mediasavadxonlik, muammoli ta'lim va AI-integratsiyalashgan sharoitda tanqidiy fikrlashni shakllantirish imkoniyatlari yoritildi.
This narrative review compares the evidence on occupational hazards associated with tractors, combine harvesters, seed drills and field sprayers. Eight publications and technical documents were examined by machine, task, injury mechanism and outcome. A review of tractor overturns supports rollover protection, whereas a synthesis of adult education trials found no clear reduction in injury rates. Hospital records identify maintenance as an important injury setting. Combine and seed drill documents describe guarding and design controls, while pesticide studies distinguish exposure during mixing, loading and spraying. The evidence supports inspecting safeguards at the tasks where workers encounter the hazard. The available data do not establish injury rates for these machines in Uzbekistan.