Ushbu maqolada O`. Hoshimovning ‘’Daftar Hoshiyasidagi bitiklar’’ asarida ilgari surilgan inson, hayot, axloq, mehr-oqibat, vijdon va oilaviy qadriyatlar haqidagi qarashlar tahlil qilinadi. Yozuvchining qisqa va lo`nda fikirlari orqali katta hayotiy mazmunni ifodalash mahoratiga e`tibor qaratiladi.
The increasing availability of digital platforms has created new opportunities for connecting individuals, communities, and organizations to address social and environmental challenges. Nevertheless, many potentially useful physical goods, such as clothing, books, toys, and household or children's items, remain unused or are discarded, while individuals and families may experience difficulties accessing these resources. Existing digital donation systems have primarily focused on monetary contributions, fundraising, or institutional charity, with comparatively less attention given to transparent peer-to-peer redistribution of reusable physical goods. This paper introduces XAYRIYA, a trust-based digital platform designed to connect donors with individuals and families in need through verified listings, digital matching, donation tracking, and community-based delivery. The platform integrates four major components: donation management, beneficiary verification, intelligent matching, and transparent transaction tracking. A design-oriented research approach is adopted to develop and conceptualize the platform, examining how digital transparency, verification, and traceability can enhance user trust and effective resource redistribution. The proposed framework also incorporates volunteers and partner organizations supporting actors within the donation ecosystem. The paper contends that XAYRIYA can simultaneously advance social inclusion, community participation, and circular-economy objectives by extending the useful life of products and directing them toward unmet social needs. The paper concludes with an evaluation framework and identifies future opportunities for empirical testing, including usability assessment, trust measurement, matching efficiency, and social and environmental impact evaluation.
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek musiqashunosligida bolalar vokal – xor musiqasining polifonik xususiyatlari hamda janr dinamikasi, ilmiy – nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda pedagogik soddalik va badiiy murakkablik o‘rtasidagi dialektik munosabatlar, Yevropa kontrapunkt an’analari hamda milliy monodik lad (maqom va folklor) tizimining sintezi natijasida shakllangan “milliy polifoniya” hodisasi ochib berilgan. Struktur – funksional, tarixiy – qiyosiy hamda kompozitsion tahlil usullari vositasida bolalar xor repertuarining sodda monodik qo‘shiqlardan kanon, geterofoniya, erkin polifoniya va yirik kantata – syuita shakllarigacha bo‘lgan evolyutsion taraqqiyot yo‘li yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy estrada – pop tendensiyalarining akademik xor an’analariga ta’siri va ushbu sohani rivojlantirishning amaliy – pedagogik istiqbollari asoslab berilgan.
AQSh, Kanada va Yevropa Ittifoqida kichik tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish mexanizmlarini qiyosiy o‘rganish va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish. Metodlar: qiyosiy keys-tahlil, tavsifiy statistik tahlil, tizimli yondashuv, induksiya va deduksiya usullari qo‘llanildi; axborot bazasini OECD, Yevropa Komissiyasi, Global Affairs Canada, AQSh Aholini ro‘yxatga olish byurosi va O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari tashkil etdi. Natijalar: Kanadada eksport qiluvchi kichik va o‘rta korxonalar (KOB) ulushi 2011–2023-yillarda 10,4 foizdan 15,1 foizga oshgani, AQShda KOB aniqlangan eksportchilarning 97 foizdan ortig‘ini va ma’lum eksport qiymatining qariyb 35 foizini tashkil etishi aniqlandi. O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlari eksporti 2021–2025-yillarda 3,3 mlrd dollardan 12,4 mlrd dollarga (yillik o‘rtacha 39,2 foiz) o‘sib, jami eksportdagi ulushi 36,6 foizga yetgan. Qiyosiy tahlil eksportni qo‘llab-quvvatlash natijadorligi alohida vositalarga emas, balki moliyaviy, axborot, standartlashtirish, raqamli va kooperatsiya mexanizmlarining uyg‘unligiga bog‘liqligini ko‘rsatdi.
Maqolada intertekstuallik nazariyasining M.Baxtin dialogizmidan Yu.Kristeva, R.Bart va J.Jenett konsepsiyalarigacha bo‘lgan tadriji qiyosiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Nazariyalar subyekt maqomi, matn chegarasi, munosabat birligi va o‘quvchi roli mezonlari asosida taqqoslanib, ularning “keng” (ontologik) va “tor” (tahliliy) modellarga ajralishi asoslanadi. Jenettning transtekstuallik tasnifi Sharq mumtoz poetikasidagi talmeh, tazmin, iqtibos, nazira, taxmis va sharh bilan funksional muvofiqlashtiriladi. O‘zbek tadqiqotlari tahlili asosida atamaning haddan tashqari kengaytirilishi xavfi ko‘rsatilib, ikki bosqichli tahlil modeli taklif etiladi.