ГИЁҲВАНДЛИК МОДДАЛАРИ БИЛАН БОҒЛИҚ ЖИНОЯТЛАРНИ СОДИР ЭТУВЧИ ШАХСЛАР ҲАМДА УНДАН ЖАБРЛАНГАНЛАРНИНГ ВИКТИМОЛОГИК-КРИМИНОЛОГИК ТАВСИФИ

Мазкур мақолада глобаллашув ва рақамлаштириш шароитида гиёҳвандлик билан боғлиқ жиноятларнинг трансформацияси, хусусан, анъанавий наркотиклардан синтетик моддаларга ва кибермаконга (Даркнет, Телеграм) ўтиш жараёнлари таҳлил қилинган. Замонавий наркожиноятчиларнинг ижтимоий-демографик портирети (ёшлар, ишлайдиганлар, рақамли саводхонликка эга шахслар) ҳамда жабрланувчиларнинг, айниқса, "аптека наркоманияси" таъсирига тушиб қолган ўсмирларнинг виктимологик хусусиятлари очиб берилган. Шунингдек, тадқиқотда Ўзбекистон Республикасининг янги ЎРҚ-1151-сонли Қонунининг криминологик аҳамияти баҳоланиб, миллий қонунчиликни такомиллаштириш бўйича аниқ таклифлар илгари сурилган. Жумладан, вояга етмаганларни кучли таъсир қилувчи моддаларга жалб қилганлик учун жавобгарликни кучайтириш, кибержиноятчилик инфратузилмасини тезкор блоклаш, янги психофаол моддаларга вақтинчалик тақиқ қўйиш ва ижтимоий реабилитация шартномасини жорий этиш бўйича илмий асослантирилган қонун лойиҳалари ишлаб чиқилган.


20.01.2026 Volume Issue View more Download
XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARIGA QARATILGAN HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK.

Maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga qaratilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik instituti tahlil qilingan. Shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlarning fikrlari o‘rganilib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga qaratilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.


20.01.2026 Volume Issue View more Download
OMMAVIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH JARAYONIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH FAOLIYATI: ICHKI ISHLAR ORGANLARI VAZIFALARI TAHLILI MISOLIDA

Ushbu maqolada ommaviy tadbirlarni o'tkazish jarayonida jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarining (IIO) tayanch vazifalari hamda faoliyat mexanizmlari ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Ichki ishlar organlarining tadbirdan oldingi (tayyorgarlik va obyekti tekshirish), tadbir vaqtidagi (tartibni saqlash) va undan keyingi bosqichlardagi o'ziga xos taktik-tashkiliy funksiyalari yoritiladi. Shuningdek, xavfsizlikni ta'minlash sohasida Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan o'zaro hamkorlik masalalari, ommaviy tadbirlarda zamonaviy raqamli texnologiyalar va intellektual tizimlardan ("Aqlli mudofaa" va videokuzatuv tahlili) foydalanish amaliyoti ko'rib chiqilib, tizimdagi faoliyat samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.


20.01.2026 Volume Issue View more Download
ҲУҚУҚНИ МУҲОФАЗА ҚИЛУВЧИ ОРГАНЛАР ЎРТАСИДА ЭЛЕКТРОН МАЪЛУМОТ АЛМАШИНУВИНИНГ ХАЛҚАРО СТАНДАРТЛАРИ ВА ЯГОНА ИНТЕГРАЦИОН ПРОТОКОЛНИ ЖОРИЙ ЭТИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ

Мазкур мақолада трансмиллий жиноятчилик ва гиёҳвандлик воситаларининг ноқонуний айланмасига қарши курашишда ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ўртасидаги ахборот тарқоқлиги (идоравий худбинлик) муаммолари таҳлил қилинган. АҚШнинг NIEM тизими, Европа Иттифоқининг Prüm II регламенти ва Саудия Арабистонининг сунъий интеллектга асосланган тажрибаларига таянган ҳолда, Ўзбекистонда реал вақт режимида ишловчи тўрт қатламли "Ягона идоралараро интеграцион протокол"ни (ЯИИП) яратиш зарурати илмий асослантирилган. Таклиф этилаётган модел ахборот алмашинувининг семантик мувофиқлигини, "махфийликни лойиҳалаш босқичида таъминлаш" (Privacy-by-Design) тамойилини ҳамда сунъий интеллект ёрдамидаги интеллектуал таҳлилни ўз ичига олиб, жиноятларни барвақт профилактика қилиш ва миллий хавфсизликни таъминлашга хизмат қилади.


20.01.2026 Volume Issue View more Download
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MEXANIZMLARI ORQALI JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI

Ushbu maqolada jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasiga davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarini joriy etish va ularni huquqiy tartibga solishning dolzarb masalalari tadqiq etilgan. Maqolada xususiy sektorni xavfsizlik infratuzilmasini rivojlantirishga (shu jumladan, intellektual kuzatuv tizimlari, yo‘l harakati xavfsizligi va obyektlarni qo‘riqlash xizmatlariga) jalb qilishning qonunchilik asoslari, mavjud huquqiy bo‘shliqlar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, davlat va biznes manfaatlari muvozanatini saqlash, inson huquqlarini himoya qilish hamda DXSh subyektlarining vakolat, majburiyat va javobgarlik chegaralarini aniq belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish va jamoat xavfsizligi tizimida DXSh loyihalarini samarali amalga oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.


20.01.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor