Mazkur maqolada IMEN (TRIZ – Ijodiy Muammolarni Echish Nazariyasi) metodlari asosida ta’limiy jarayonni samarali tashkil etish imkoniyatlari yoritilgan. TRIZ yondashuvi orqali o‘quvchilarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, muammoga yondashuv ko‘nikmalari shakllanadi. Shu bilan birga, ta’limiy faoliyatda noan’anaviy yondashuvlar, interfaol metodlar va didaktik mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish, ularni innovatsion fikrlashga yo‘naltirish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada amaliy misollar, muammo-vaziyatli topshiriqlar asosida TRIZ metodlarining afzalliklari tahlil etiladi.
Oziq-ovqat chiqindilari bugungi kunda dunyo miqyosida ekologik va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu maqolada oziq-ovqat chiqindilarining turlari, ularning atrof-muhitga ta'siri, hamda chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash usullari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Asosiy e'tibor chiqindilarni qayta ishlashning innovatsion texnologiyalari va ularni samarali boshqarish tizimlariga qaratilgan. Shuningdek, oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish bo'yicha ta'lim, rag'batlantirish va iqtisodiy rag'batlar haqidagi takliflar ham muhokama qilingan.
Mazkur maqolada rangtasvir san’atida nur va soya vositalarining badiiy hamda dramaturgik ifodaviy kuchi tahlil qilinadi. Nur va soyaning psixologik obraz yaratishdagi o‘rni, tenebrizm uslubining qadimiy va zamonaviy san’atdagi talqinlari, shuningdek, yorug‘lik kontrasti orqali kompozitsion yechimga erishish yondashuvlari yoritiladi.
Mazkur maqolada ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida raqobatbardoshlikni ta’minlash, samaradorlikni oshirish va strategik maqsadlarga erishishda zamonaviy texnologiyalar muhim vosita sifatida qaralmoqda. Maqolada boshqaruv faoliyatiga raqamli platformalar, sun’iy intellekt asosidagi tizimlar, elektron hujjat aylanishi, masofaviy monitoring va tahlil dasturlarini joriy etishning afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy tajribalar asosida milliy sharoitga mos innovatsion boshqaruv modellarini yaratish imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot asosida innovatsion texnologiyalarni ta’lim menejmentiga integratsiya qilish orqali samarali, shaffof va tezkor boshqaruv tizimini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.