Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. O‘quvchilarda axborotni izlash, tushunish, saralash, tahlil qilish va undan maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, elektron darsliklar, multimedia vositalari, interfaol topshiriqlar va ta’limiy platformalardan foydalanishning metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Axborot savodxonligini rivojlantirishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish, mustaqil fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishning ahamiyati asoslangan. Maqolada raqamli va an’anaviy ta’lim vositalarini uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini takomillashtirishga doir metodik yondashuvlar umumlashtirilgan.
Mazkur maqolada o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirishning pedagogik asoslari, nazariy-metodologik yondashuvlari va zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Tarixiy tafakkurning mazmuni, tarkibiy komponentlari hamda uni rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik omillar tahlil qilingan. Shuningdek, tarixiy manbalar bilan ishlash, muammoli ta’lim, qiyosiy tahlil, munozara va interfaol metodlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari asoslab berilgan. O‘quvchilarda tarixiy voqea-hodisalarni sabab-oqibat munosabatlari asosida tahlil qilish, tarixiy jarayonlarni muayyan davr kontekstida baholash va dalillar asosida mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Inson organizmi normal ishlashi, energiya almashinuvi va kasalliklarga qarshi kurashishi uchun vitaminlar suvdek zarur. Biroq, ko‘pincha ovqatlanish tartibsizligi yoki mavsumiy o‘zgarishlar tufayli vitamin yetishmovchiligi yuzaga keladi. Bu holat tibbiyotda gipovitaminoz va avitaminoz tushunchalari bilan farqlanadi.
Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilarida tolerantlik (bag‘rikeynglik) ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlari IMRAD standarti asosida tahlil qilingan. O‘smirlik va ilk o‘spirinlik davridagi shaxsiy va ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlar, tolerant dunyoqarashni shakllantirish omillari va unga ta'sir etuvchi pedagogik usullar o‘rganildi. Tadqiqot davomida 120 nafar yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma va ekspress-diagnostika testlari o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, interaktiv pedagogik texnologiyalar va trening mashg‘ulotlari o‘quvchilarning emotsional va kognitiv tolerantlik darajasini 22% ga oshirish imkonini berdi.