Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev ijodining bugungi kundagi ahamiyati, uning asarlarida inson ruhiyati, milliy qadriyatlar va hayot haqiqatining badiiy aks etishi tahlil qilinadi. Yozuvchining asarlari zamonaviy o‘quvchi uchun ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qilishi yoritiladi.
Ushbu maqolada 1941-1945 yillarda Samarqand davlat universiteti (o‘sha davrdagi O‘zbekiston davlat universiteti) hayoti, front ortidagi faoliyati, evakuatsiya qilingan ilmiy muassasalar bilan hamkorligi va urush davri qiyinchiliklariga qaramay saqlab qolingan ilmiy salohiyati tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining nazariy-huquqiy asoslari, ularning demokratik jamiyatdagi o‘rni hamda O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish jarayonlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari chuqur tahlil etiladi. Shuningdek, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Prezident farmonlari va siyosiy islohotlar asosida ilmiy xulosalar chiqariladi.
Ushbu maqolada texnik tizimlar bilan bog’liq fanlarni o‘qitishda terminlar, tayanch so‘zlar va iboralarning o‘rni va ahamiyati, ularning o‘quv jarayonidagi roli, hamda samarali qo‘llash usullari tahlil qilinadi. Terminologiyaning to‘g’ri qo‘llanishi talabalarning bilimni chuqur va aniq o‘zlashtirishiga xizmat qilishi. Shuningdek, ilmiy tafakkurni shakllantirishdagi roli yoritiladi va texnik fanlarni o‘qitishda tayanch tushunchalar orqali bilimlarni tizimli ravishda o‘zlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.