INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING XORIJIY TAJRIBASI: AQSH, ROSSIYA, FINLYANDIYA, ANGLIYA VA XITOY TA’LIM TIZIMLARINING QIYOSIY TAHLILI

Mazkur maqolada AQSH, Rossiya, Finlyandiya, Angliya va Xitoyda inklyuziv ta’limni tashkil etishning nazariy, huquqiy va pedagogik mexanizmlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi turli ijtimoiy-madaniy va ta’limiy sharoitlarda shakllangan inklyuziv ta’lim modellarining umumiy va o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, ularning samarali mexanizmlarini tizimlashtirish hamda O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim tizimida qo‘llash imkoniyatlarini asoslashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy pedagogik tahlil, hujjatlarni kontent-tahlil qilish, ilmiy manbalarni tizimli ko‘rib chiqish va ta’lim modellarini mezonlar asosida taqqoslash usullaridan foydalanildi. Tahlil AQSHdagi Individualized Education Program (IEP) va Least Restrictive Environment (LRE), Angliyadagi SEND va Education, Health and Care Plan (EHC plan), Finlyandiyadagi erta pedagogik qo‘llab-quvvatlash, Rossiyadagi moslashtirilgan ta’lim dasturlari va psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya mexanizmlari, shuningdek, Xitoydagi Learning in Regular Classrooms (LRC) modeli asosida amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, samarali inklyuziya faqat alohida ehtiyojli bolani umumiy sinfga joylashtirish bilan cheklanmaydi; uning natijadorligi individual rejalashtirish, erta yordam, pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi, multidissiplinar hamkorlik, oilaning qaror qabul qilishdagi ishtiroki va maktab ichidagi qo‘llab-quvvatlash xizmatlarining integratsiyasiga bog‘liq. Qiyosiy tahlil asosida O‘zbekiston sharoitida individual ta’lim rejalari, maktab darajasidagi multidissiplinar qo‘llab-quvvatlash guruhlari va ehtiyojga asoslangan pedagogik yordamni kuchaytirish taklif etiladi.


29.08.2026 Volume Issue View more Download
O‘QITUVCHI TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASHNING O‘QUVCHILARNING PSIXOLOGIK FAROVONLIGIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy, emotsional va akademik qo‘llab-quvvatlashning o‘quvchilarning psixologik farovonligi bilan o‘zaro bog‘liqligi pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Maqolada o‘qituvchi qo‘llab-quvvatlashining mazmuni, uning asosiy shakllari hamda psixologik farovonlikning tarkibiy komponentlari yoritiladi. O‘zbek va xorijiy ilmiy manbalar tahlili asosida o‘qituvchining empatik munosabati, o‘quvchi fikrini hurmat qilishi, konstruktiv fikr-mulohaza berishi, akademik qiyinchiliklarda yordam ko‘rsatishi va psixologik xavfsiz ta’lim muhitini yaratishi o‘quvchilarning farovonligi bilan bog‘liq muhim omillar ekanligi asoslanadi.


29.08.2026 Volume Issue View more Download
COMPARATIVE ANALYSIS OF ENGLISH PHRASAL VERBS

English phrasal verbs are an important feature of the English lexical and grammatical system. They consist mainly of a verb combined with an adverbial particle or, in some cases, a particle and a preposition. Phrasal verbs such as give up, look after, find out, and take off are extremely common in everyday English and are particularly significant for learners who want to achieve natural and fluent communication. At the same time, they are difficult to understand and use because their meanings are not always predictable from the meanings of their individual components. This paper presents a comparative analysis of English phrasal verbs, focusing on their structural, syntactic, semantic, and functional characteristics. It also considers the relationship between phrasal verbs and their equivalents in other linguistic systems, particularly languages that tend to express verbal meanings through prefixes or single lexical verbs. The analysis demonstrates that phrasal verbs can have literal, semi-transparent, and idiomatic meanings and can function according to different syntactic patterns. Particular attention is given to separable and inseparable phrasal verbs, transitive and intransitive constructions, and difficulties associated with their translation and acquisition. The study concludes that understanding phrasal verbs requires learners to develop both vocabulary and grammatical awareness. Their systematic study is therefore essential for effective English-language learning, translation, and communication.


29.08.2026 Volume Issue View more Download
O‘SMIRLARDA HOMILADORLIK VA TUG‘RUQNING AKUSHERLIK VA PERINATAL NATIJALARI

Maqolada 2022–2024 yillarda Respublika perinatal markazida tug‘ruq qilgan yosh onalarda homiladorlik va tug‘ruq jarayonining xususiyatlari o‘rganish natijalari keltirilgan. O‘smir yoshdagi ayollar guruhida homiladorlik asoratlari statistik jihatdan ancha tez-tez uchrashi aniqlangan. Anemiya, platsenta bilan bog‘liq buzilishlar kabi patologiyalarda statistik ahamiyatli farq kuzatilgan. O‘smirlikdagi homiladorlik xavfli asorat — preeklampsiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yosh homiladorlarda vaqtidan oldin tug`ruq xavfi yuqori bo‘lgan guruhga kiradi. O‘smirlar guruhida kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ruq qilish holatlari tahlili keltirilgan. Olingan ma’lumotlar yosh onalarda homiladorlik va tug‘ruq asoratlarini oldini olish choralari ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish uchun asos bo‘ladi.


29.08.2026 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTONDA BANK SEKTORINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA QILISH VA MOLIYAVIY INKLYUZIYANI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada O‘zbekistonda bank sektorining raqamli transformatsiyasi, uning moliyaviy inklyuziyani kengaytirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishdagi o‘rni kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda Jahon bankining Global Findex ma’lumotlar bazasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik ma’lumotlari hamda mamlakatda fintech va raqamli bank xizmatlarining rivojlanishiga oid so‘nggi ma’lumotlardan foydalanilgan. Raqamli texnologiyalarning bank faoliyatiga jadal integratsiyalashuvi natijasida bank hisobvaraqlariga egalik qilish, raqamli to‘lovlardan foydalanish, masofaviy bank xizmatlari, mobil banking va fintech asosidagi moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari sezilarli darajada kengayib bormoqda. Xususan, O‘zbekistonda fintech ekotizimining rivojlanishi, raqamli bank xizmatlari foydalanuvchilari sonining ortishi va Milliy tezkor to‘lov tizimining kengayishi moliyaviy xizmatlarning aholiga yanada tezkor, qulay va nisbatan arzon shaklda yetkazib berilishiga xizmat qilmoqda. Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiya moliyaviy inklyuziyani rivojlantirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi. Raqamli bank xizmatlari tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish, aholining chekka hududlarda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, mikro va kichik biznes subyektlarining moliyaviy resurslarga kirishini yaxshilash hamda iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, raqamli infratuzilmaning hududlar bo‘yicha notekis rivojlanishi, aholining raqamli va moliyaviy savodxonligi darajasidagi tafovutlar, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda ayrim me’yoriy-huquqiy cheklovlar moliyaviy inklyuziyaning to‘liq ta’minlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillar sifatida aniqlangan. Maqolada O‘zbekiston bank sektorining raqamli transformatsiyasini yanada jadallashtirish, fintech va tijorat banklari hamkorligini rivojlantirish, raqamli infratuzilmani takomillashtirish hamda aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


29.08.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor