Maqalada pacientlerdiń qantlı diabetiń sozılmalı keshiwine tabıslı beyimlesiwin támiyinleytuǵın psixologiyalıq prediktorları izertlengen. Emocional jaǵdaydıń terapiyaǵa baǵınıshlılıǵına hám ózin-ózi qadaǵalawdıń nátiyjeliligine tásiri qarap shıǵılǵan. Tiykarǵı dıqqat «diabetlik distress» fenomenine, keselliktiń ishki kórinisiniń qáliplesiw ózgesheliklerine hám medicinalıq kórsetpelerdi orınlawǵa kesent etetuǵın psixologiyalıq tosqınlıqlarǵa qaratılǵan.
Мазкур мақолада сунъий интеллект технологияларининг жадал ривожланиши шароитида прокурор ходимларининг касбий компетенциялар тизимига қўйилаётган янги талаблар таҳлил қилинган. Ўзбекистон Республикасида «Рақамли прокуратура – 2030» стратегияси, «Raqamli prokuror» ахборот тизимлари комплекси ва «E-tergov» ягона электрон тизимининг жорий этилиши мисолида прокурор фаолиятининг рақамли трансформацияси кўриб чиқилган. Европа Иттифоқининг сунъий интеллект тўғрисидаги Регламенти (EU AI Act) ҳамда Қозоғистон Республикаси Бош прокуратураси тажрибаси билан қиёсий таҳлил ўтказилган. Прокурор ходимларининг рақамли-ҳуқуқий саводхонлиги, катта маълумотларни таҳлил қилиш кўникмалари, алгоритм натижаларини танқидий баҳолаш қобилияти, киберхавфсизлик ва шахсга доир маълумотларни ҳимоя қилиш соҳасидаги билимлари, шунингдек касбий этика доирасида инсон назорати тамойилини сақлаб қолиш зарурати асосланган ҳамда амалий таклифлар ишлаб чиқилган.
Mazkur maqolada davlat oila siyosatining demografik xulq-atvorga ta'siri Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi misolida tahlil qilinadi. So'nggi qirq besh yil davomida Xitoy "bir farzand siyosati"dan "uch farzand siyosati"gacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi, biroq bu davlat siyosati tug'ilish darajasini kutilgan darajada boshqara olmadi. Maqolada davlat demografik siyosatining reproduktiv xulq-atvorga ta'sir mexanizmlarini institutsional-tarixiy tahlil asosida aniqlanadi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, institutsional tahlil va tarixiy-genetik yondashuv qo'llanildi, bu esa 1949–2026 yillar oralig'idagi siyosat bosqichlarini yaxlit tizim sifatida ko'rib chiqish imkonini berdi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, qat'iy cheklovchi siyosatning demografik xulq-atvorga ta'siri katta bo'lsa-da, uni bekor qilish orqali tug'ilishni tiklash ancha murakkab va uzoq muddatli jarayondir. Maqolaning amaliy ahamiyati past tug'ilish tendensiyasiga duch kelayotgan mintaqaviy davlatlar uchun siyosat saboqlarini shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqolada amerikalik yozuvchi va ekzistensial psixoterapiya nazariyotchisi Irving Yalomning badiiy nasri ekzistensial falsafa nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Yalom o'zining klinik-nazariy asarlarida ilgari surgan to'rtta "tub muammo" — o'lim, ozodlik, yolg'izlik va ma'nosizlik — tushunchalari uning badiiy asarlarida qanday obrazli ifodalanishi masalasi ko'rib chiqiladi. Maqolada "Nitsshe yig'lagach", "Spinoza muammosi", "Shopenhauer davosi" romanlari hamda "Sevishdan davolash" hikoyalar to'plami misolida yozuvchining "o'qituvchi roman" (teaching novel) deb atalgan janr tajribasi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Yalom nasrida falsafiy tafakkur bilan badiiy tasvirning uzviy bog'liqligi asoslanadi.
Mazkur maqolada yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish jarayonining psixologik mexanizmlari, xususan, ichki va tashqi motivatsiya, bilishga bo‘lgan ehtiyoj, individual qiziqish, emotsional munosabat, o‘zini anglash, mustaqil tanlov va mutolaa odatini shakllantirish omillari tahlil qilinadi. Yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan munosabati faqat ta’limiy yoki ma’naviy ehtiyoj bilan emas, balki ularning yosh xususiyatlari, individual-psixologik jihatlari, hayotiy maqsadlari, qadriyatlari va ijtimoiy muhitiga ham bevosita bog‘liqligi asoslab beriladi. Maqolada yoshlarni kitob o‘qishga jalb etishda majburlash, tanbeh berish va faqat tashqi rag‘batlantirishga tayanishdan ko‘ra, ichki motivatsiyani shakllantirish samaraliroq psixologik yo‘nalish ekanligi asoslanadi. Yoshlarga “kitob o‘qi” deb buyruq berish o‘rniga, “kitob o‘qish orqali o‘zing uchun qanday foyda olishing mumkin?” degan psixologik yondashuvni shakllantirish zarurligi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada yoshlarning kitob tanlash jarayonida individual qiziqishlarini hisobga olish, kitob mazmunini ularning real hayotiy muammolari bilan bog‘lash, mutolaa jarayonida ijobiy emotsional tajriba yaratish, kichik va muntazam o‘qish odatini shakllantirish, o‘qilgan asar yuzasidan fikr almashish hamda tengdoshlar ta’siridan samarali foydalanishning psixologik ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqotning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, yoshlarni kitobxonlikka jalb etishning eng samarali yo‘li kitob o‘qishni tashqi majburiyatdan ichki ehtiyoj va shaxsiy rivojlanish vositasiga aylantirishdir. Shu asosda ota-ona, pedagog, psixolog, kutubxonachi va yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun amaliy psixologik tavsiyalar ishlab chiqiladi.