Ushbu maqolada rivojlanish falsafasining mazmuni, tamoyillari va zamonaviy talqinlari tahlil qilinadi. Rivojlanishning dialektik mohiyati, modernizatsiya va sivilizatsion yondashuvlar, shuningdek barqaror rivojlanish konsepsiyasi yoritilgan. Inson omili va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni alohida baholangan. Global jarayonlar kontekstida rivojlanish falsafasining dolzarbligi asoslab berilgan.
Мақолада буюк мутасаввиф ва Нақшбандия тариқати асосчиси Хожа Баҳоуддин Нақшбанд ҳазратларининг ҳаёти, илмий-маънавий мероси ва тасаввуфда тутган ўрни таҳлил қилинади. Унинг “дил ба ёру, даст ба кор” шиори инсон маънавий камолотининг асоси сифатида изоҳланади. Шу билан бирга, Нақшбандия тариқати таълимотининг замонавий жамиятдаги аҳамияти ҳақида ҳам сўз юритилади.
Ushbu maqolada qurilish obyektlarida prokuror nazoratining huquqiy, tashkiliy va amaliy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda prokuror tekshiruvining mazmuni, nazorat o‘lchovi institutining texnik-huquqiy ahamiyati, byudjet mablag‘lari sarfi ustidan nazoratning o‘ziga xos xususiyatlari hamda korrupsiya xavflarini aniqlash mexanizmlari ilmiy asosda yoritilgan. Qurilish jarayonida uchrayotgan tizimli muammolar — loyiha-smeta hujjatlaridagi noaniqliklar, texnik nazorat organlarining sust faoliyati, manfaatlar to‘qnashuvi, prokurorlarning texnik savodxonligi yetishmovchiligi, materiallar sifati bo‘yicha laborator tekshiruvlarning zaifligi kabi omillar — keng qamrovda o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada xorij tajribalari tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida prokuror nazoratini takomillashtirish bo‘yicha konkret taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarida ommaviy va ekologik madaniyatni rivojlantirishning pedagogik asoslari keng yoritilgan. Unda ekologik tarbiyaning asosiy tamoyillari, o‘quvchilarning tabiatga munosabatini shakllantirish jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari va ekologik faoliyatning amaliy ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqola ta’lim jarayonida ekologik madaniyatni rivojlantirishning dolzarbligini ilmiy asosda bayon etadi.
Ushbu maqolada Finlandiyada maktabgacha ta’lim tizimi va uning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuvlar, o‘yin orqali o‘qitish, ijtimoiy-emotsional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash kabi jihatlar yoritilgan. Shuningdek, fin modeli orqali erkinlik, ishonch va bolaga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari muhokama qilinadi hamda ushbu tajribaning boshqa mamlakatlar ta’lim tizimiga ta’sirchan tomonlari ko‘rsatib o‘tiladi.