Ushbu maqolada fransuz sotsiologi Emile Dyurgim tomonidan ilgari surilgan “anomiya” konsepsiyasining mazmuni, mohiyati va ijtimoiy hayotdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda anomiyaning me’yorlar, qadriyatlar tizimi va ijtimoiy tartib bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, Dyurgimning “Ommaviy mehnat taqsimoti” hamda “O‘z joniga qasd qilish” asarlarida anomiya tushunchasining nazariy asoslari o‘rganiladi. Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida ijtimoiy o‘zgarishlar davrida yuzaga kelayotgan anomik holatlar ham qisqacha tahlil etilgan.
Мақолада буюк мутасаввиф ва Нақшбандия тариқати асосчиси Хожа Баҳоуддин Нақшбанд ҳазратларининг ҳаёти, илмий-маънавий мероси ва тасаввуфда тутган ўрни таҳлил қилинади. Унинг “дил ба ёру, даст ба кор” шиори инсон маънавий камолотининг асоси сифатида изоҳланади. Шу билан бирга, Нақшбандия тариқати таълимотининг замонавий жамиятдаги аҳамияти ҳақида ҳам сўз юритилади.
Ushbu ilmiy ish yoshlar orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishning zamonaviy yo‘llarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda huquqiy tarbiyaning nazariy asoslari, ta’lim muassasalarida va oilada huquqiy bilimlarni shakllantirish usullari, ommaviy axborot vositalari hamda raqamli platformalarning yoshlar huquqiy madaniyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy va xalqaro tajriba asosida huquqiy targ‘ibotning samarali mexanizmlari, yoshlarni huquqbuzarlikning oldini olishga yo‘naltirilgan profilaktik choralar ham atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni yuksaltirish, ularni huquq va majburiyatlarni ongli ravishda anglashga undash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu maqolada rivojlanish falsafasining mazmuni, tamoyillari va zamonaviy talqinlari tahlil qilinadi. Rivojlanishning dialektik mohiyati, modernizatsiya va sivilizatsion yondashuvlar, shuningdek barqaror rivojlanish konsepsiyasi yoritilgan. Inson omili va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni alohida baholangan. Global jarayonlar kontekstida rivojlanish falsafasining dolzarbligi asoslab berilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xurshid Davron ijodi, she’riyatida qo‘llanilgan ijtimoiy dard, timsollar, xalq ruhiyati va zamon muammolarining badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Shoir she’riyatida inson va davr munosabati, ular o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar, bugungi kunning og’riqli nuqtalari tahlil qilinadi.