07.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Maqolada o‘zbek xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” (2001) tarixiy romanida yaratilgan obrazlar tizimi badiiy-estetik tahlil qilinadi. Asarning markaziy timsoli – Gavharshod begim siymosi xalq og‘zaki ijodidagi “ona lochin” rivoyati bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganilib, uning fidoyi ona, donishmand davlat arbobi va ma’rifatparvar shaxs sifatidagi qirralari ochib beriladi. Shuningdek, Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Husn Nigor xonim, Habiba Sulton begim va boshqa personajlarning xarakter dialektikasi, ruhiy olami, hamda ramziy ma’no kasb etishi tadqiq qilinadi. Tadqiqot natijasida Pirimqul Qodirov o‘zbek tarixiy romanchiligida ayol obrazi talqinining yangi qatlamlarini kashf etgan ijodkor sifatida e’tirof etiladi.
Keywords: Pirimqul Qodirov, “Ona lochin vidosi”, badiiy obraz, Gavharshod begim, Temuriylar davri, tarixiy roman, ona timsoli, ramziy obraz, xarakter dialektikasi, badiiy psixologizm.