07.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada o‘zbek nasrining yetuk namoyandasi Murod Muhammad Doʻst asarlarida qo‘llanilgan frazeologik birliklarning struktur-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida frazeologizmlarning tuzilishi, semantik qatlamlari, kontekstual funksiyalari hamda muallif uslubini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, yozuvchi ijodida frazeologik birliklarning transformatsiyasi va ularning badiiy-estetik imkoniyatlari ilmiy asosda ochib beriladi.
Keywords: frazeologizm, struktur-semantik tahlil, badiiy matn, kontekst, ekspressivlik, muallif uslubi, lingvopragmatika.