Maqolada terrorizmga qarshi kurashishning zamonaviy shakllari, yoshlarning bu jarayondagi o‘rni, ma’naviy immunitetni shakllantirish hamda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalari tahlil qilingan. Terrorizmga qarshi kurashda mafkuraviy tarbiya, ta’lim tizimi va ijtimoiy ongning o‘rni yoritilgan.
Ushbu ilmiy maqolada kvant fizikasini o‘qitish jarayonida vizualizatsiya metodlari hamda multimediya texnologiyalaridan foydalanishning didaktik ahamiyati, pedagogik ustunliklari va o‘quvchi kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Mazkur bo‘limning murakkab nazariy tushunchalarini o‘zlashtirishda virtual simulyatsiyalar, animatsiyalar, grafik modellar, 3D vizual tasvirlar, interaktiv laboratoriya dasturlari va raqamli o‘quv platformalarining ta’siri ko‘rib chiqilib, ushbu vositalarning talabalarning ilmiy tafakkurini rivojlantirish, abstrakt tushunchalarni real jarayonlar bilan bog‘lash, nazariy bilimlarni modellashtirish orqali chuqurlashtirishdagi samaradorligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vizualizatsiya va multimediya texnologiyalariga asoslangan o‘qitish kvant jarayonlarini tushunishni osonlashtiradi, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi, ularni faol bilish jarayoniga jalb etadi va o‘zlashtirish darajasini sezilarli ravishda ko‘taradi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida nazarda tutilgan firibgarlik jinoyatining huquqiy belgilariga ilmiy-huquqiy tahlil berilgan. Firibgarlikning mazmuni, uning tarkibiy elementlari obyekt, obyektiv tomoni, subyekt va subyektiv tomoni amaldagi qonunchilik hamda sud amaliyoti misolida yoritiladi.