O‘SMIRLARDAGI AGRESSIV XULQ-ATVORNING O‘RGANILGANLIGI VA MAZKUR MUAMMONING METODOLOGIK ASOSI

Mazkur maqolada o’smirlik yoshidagi bolalarda agressiv xulq atvorni namoyon bo’lishida oilaning tahlil qilingan bo‘lib, ushbu mavzuda ilmiy izlanishlar olib borgan psixolog olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari va psixologlar fikrlari keltirilgan. Shunungdek, o’smirlik davrida agressivlikni keltirib chiqaruvchi omillar to’g’risida mulohaza yuritilgan, ularga yechim bo‘luvchi taklif va tavsiyalar ham berilgan.


16.12.2025 Volume Issue View more Download
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar moliyalashtirish tizimining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida davlat byudjeti, maxsus jamg‘armalar, xalqaro tashkilotlar granti, imtiyozli kredit liniyalari hamda xususiy sektor mablag‘lari kabi moliyaviy manbalar tarkibi o‘rganildi. Amaldagi tizimda resurslarning diversifikatsiya darajasining pastligi, monitoring va samaradorlik indikatorlarining yetarli darajada shakllanmagani, yosh tadbirkorlar uchun moliyaviy savodxonlikning sustligi kabi muammoli jihatlar aniqlangan. Muallif tomonidan moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar – moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, grant va kreditlar samaradorligini baholash indeksini yaratish, startap ekotizimini rivojlantirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kuchaytirish – ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari yoshlarga oid davlat siyosatining moliyaviy barqarorligini oshirish, loyihalarning real ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini kuchaytirish hamda yoshlarga ko‘rsatilayotgan davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini samarali optimallashtirishga xizmat qiladi.


16.12.2025 Volume Issue View more Download
AHOLINI IPOTEKA KREDITLARI BILAN TA’MINLASH SAMARADORLIGI

So’ngi yillarda respublikamiz aholisi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi va ko’p qavatli uy-joylar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi ahamiyatlidir.


15.12.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTON BANK TIZIMIDA INNOVATSION DEPOZIT XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH VA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH YO‘LLARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirish, innovatsion depozit xizmatlarini rivojlantirish va ularning moliyaviy barqarorlikka ta’siri tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda bank tizimini modernizatsiya qilish, raqamli bank xizmatlarini joriy etish, aholining jamg‘arma madaniyatini oshirish va depozit bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yoritilgan. Shuningdek, maqolada banklar faoliyatida zamonaviy raqamli texnologiyalarning o‘rni, yangi depozit mahsulotlarining afzalliklari hamda milliy iqtisodiyotdagi roliga alohida e’tibor qaratiladi.


15.12.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTON MINTAQALARI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINING TAHLILI VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatiga bevosita bog‘liqdir. So‘nggi yillarda mamlakatda hududiy iqtisodiy siyosatni modernizatsiya qilish, investitsiya muhitini yaxshilash va mintaqalar o‘rtasidagi tafovutlarni kamaytirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi tahlil qilinib, asosiy muammolar — iqtisodiy tengsizlik, infratuzilma nomutanosibligi va bandlik masalalari o‘rganiladi. Shuningdek, mintaqaviy iqtisodiyotni takomillashtirishning strategik yo‘nalishlari, innovatsion yondashuvlar va investitsion mexanizmlar asoslab beriladi.


15.12.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor