Ushbu maqolada bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari (prekantsereoz holatlar) va ularni aniqlash usullari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Patofiziologik o‘zgarishlar, diagnostik usullar, ularning samaradorligi hamda kasallik rivojlanish xavfini kamaytirish uchun olib boriladigan profilaktik tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy molekulyar va immunologik diagnostika usullari haqida ham so‘z yuritiladi.
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda zamonaviy innovatsion metodlardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, interfaol usullar orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, STEAM-ta’lim, raqamli texnologiyalar, gamifikatsiya va differensial yondashuv kabi zamonaviy usullarni boshlang‘ich ta’limga integratsiya qilishning samaradorligi tahlil qilingan. Maqolada ilgari surilgan fikrlar amaliy misollar bilan mustahkamlangan bo‘lib, boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Ushbu maqolada gonokokklarning patogenlik xususiyatlari, fermentlari va toksinlari haqida so‘z boradi. Gonokokk infektsiyasi bakterial antroponotik kasallik bo‘lib, asosan jinsiy aloqa orqali yuqadi va siydik va reproduktiv tizimlarga ta’sir qiladi. Gonoreya juda yuqumli va har qanday jinsiy aloqa orqali yuqishi mumkin. Ammo, tarqalishiga qaramay (trichomoniasis va xlamidiyadan keyin uchinchi eng keng tarqalgan STI), kasallik davolanadi va juda kamdan-kam hollarda o'limga olib keladi. Gonokokklar odamda siydik-tanosil yoʻllari (soʻzaklar) va koʻz (blennoreyatsya) shilliq qavatining yiringli kasalliklarini qoʻzgʻatadi. Maqolaning mohiyatida gonokokklarning oldini olish va davolash chora tadbirlari to‘g‘risida fikr mulohaza yurutiladi.
Hozirgi vaqtda avtomobil transporti inson hayoti uchun katta qulaylik yaratish bilan birga, atrof-muhitga ham sezilarli darajada zarar yetkazmoqda. Avtomobillarning ko‘payishi, yo‘llarning kengayishi va transport harakatining ortishi ekologik muammolarning keskinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqolada avtomobil yo‘llari bilan bog‘liq asosiy ekologik muammolar va ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar tahlil qilinadi.
Pedagoglarning kasbiy kompetentligi asoslaridan biri o‘z tarkibida bilimlar, mahorat va shaxs sifatini belgilovchi unsur hisoblanib, ular doimo pedagogni harakatga keltirib turuvchi o‘z ustida ishlash, bilimlarini oshirib borish, har bir pedagogik vaziyatga ijodiy yondoshish hamda moslashish kabi imkoniyatlaridir.