BOSHLАNGʼICH TАʻLIMDА INNOVАTSION PEDАGOGIK TEXNOLOGIYALАRGА АSOSLАNGАN INTERFАOL METODLАR

Ushbu maqolada taʼlim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni faol qoʼllash, taʼlim samaradorligini oshirish, tahlil qilishva amaliyotga joriy etish,dunyo taʼlim tizimining hozirgi taraqqiyot bosqichi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʼllash tajribasi, milliy va tarixiy, mafkuraviy shart - sharoitlarga javob berishi, boshlangʼich sinf oʼquvchilarining fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini oʼstirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirish,innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar oʼquvchi ehtiyojiga mos tushishi, shuningdek, oʼquvchilarning oʼquv materiallarini oʼzlashtirishga boʼlgan qiziqish, xohish va istaklarini qoʼzgʼotish asosida maqsadga erishish motivatsiya boʼlib, bu oʼqituvchi va oʼquvchilarning oʼzaro ichki yaqinlashuv holatlari innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlardan foydalanish samaradorligi yoritilgan.


20.03.2025 Volume Issue View more Download
TYPOLOGICAL RELEVANCE TO UZBEK AND ENGLISH

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarining tipologik jihatdan o‘xshashlik va farqlari tahlil qilinadi. Tilshunoslikda tipologik tadqiqotlar tillarning tuzilishi, grammatikasi, fonetikasi va semantikasi kabi jihatlarni solishtirish orqali umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlashga yordam beradi. O‘zbek tili agglutinativ tuzilishga ega bo‘lib, so‘z yasalishi va grammatik shakllanishi qo‘shimchalar yordamida amalga oshiriladi. Ingliz tili esa analitik til bo‘lib, so‘z tartibi va yordamchi so‘zlarga asoslangan tizimga ega. Maqolada ushbu tillarning so‘z yasalishi, gap qurilishi, morfologik va sintaktik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning umumiyliklari va farqlari misollar yordamida yoritiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek va ingliz tillarining o‘zaro ta’siri va o‘rganish jarayoniga ta’sirini tushunishga xizmat qiladi.


19.03.2025 Volume Issue View more Download
ONA TILI TA’LIMI JARAYONIDA IJODIY MATNLARDAN FOYDALANISHNING PSIXO-PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur maqola, ona tili ta'limi jarayonida ijodiy matnlardan foydalanishning psixo-pedagogik asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ijodiy matnlar o‘quvchilarning fikrlash, tasavvur va tilni erkin ifodalash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu ishda psixologik va pedagogik nazariyalar orqali ijodiy matnlar bilan ishlashning ta'lim jarayoniga ta'siri, shuningdek, o‘quvchilarning emotsional va intellektual rivojlanishiga qo‘shgan hissasi ko‘rsatilgan. Matnlar orqali o‘quvchilarning individual xususiyatlari va ijtimoiy muhitda o‘z-o‘zini anglash jarayonlari chuqur tahlil qilinadi. Maqola, ijodiy matnlarni ta'limda samarali qo‘llash uchun zarur psixo-pedagogik yondoshuvlarni tavsiya etadi. Shuningdek, ona tili ta’limida ijodiy yondoshuvlarning o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga qanday ijobiy ta'sir ko‘rsatishi haqida misollar keltirilgan.


19.03.2025 Volume Issue View more Download
ИССЛЕДОВАНИЕ МЕТОДОМ ФОТОЛЮМИНЕСЦЕНЦИИ РАСПРЕДЕЛЕНИЯ МИКРОДЕФЕКТОВ В ЭПИТАКСИАЛЬНЫХ СЛОЯХ ZNSE/GAAS

МПЭ усылы менен өсирилген ҳәр қыйлы қалыңлықтағы ZnSe/(001) GaAs эпитаксиаль жуқа пленкасының фотолюминесценция усылы менен терең қатламларындағы нурланыў спектрлери анықланылды. Эпитаксиаль пленканың дефектлерге ҳәм басқа элементлердиң концентрациясына байланыслы нурланыў спектрлериниң үш бөлимнен туратуғынлығы аныкланды.


19.03.2025 Volume Issue View more Download
NYUTON QONUNLARI VA ULARNING KUNDALIK HAYOTDAGI O‘RNI

Mazkur maqola, Nyutonning uchta qonunini va ularning kundalik hayotdagi o‘rnini tahlil qiladi. Maqolada har bir qonunning ilmiy asoslari va amaliy qo‘llanilishi, shu jumladan transport, sport, ekologiya va texnologiyalar sohalaridagi misollar bilan yoritilgan. Shuningdek, Nyuton qonunlarining ta’limdagi ahamiyati va kelajakdagi innovatsion texnologiyalarda ularning roli ko‘rsatilgan. Maqola Nyuton qonunlarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etishning ilmiy, texnik va ekologik ahamiyatini ochib beradi.


19.03.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor