“SIROJ UL-MUSLIMIN” ASARIDA RO'ZA MASALALARINING BAYONI

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Siroj ul-muslimin” asari mazmun-mohiyati, roʻza ibodati masalalari bayon etiladi. Asarda roʻzaning ahamiyati, uning diniy va maʼnaviy maqsadlari, shuningdek, roʻza sababli inson nafsini tiyish va taqvoni oshirish kabi jihatlar yoritilgan.


30.01.2025 Volume Issue View more Download
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BUDJET XARAJATLARI VA ULARNI NAZORAT QILISH MEXANIZMLARI: IQTISODIY AHAMIYATI VA HUQUQIY ASOSLARI

Mazkur maqolada budjet xarajatlarining iqtisodiy ahamiyati, ularning maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash uchun o’rnatilgan huquqiy mexanizmlar tahlil qilinadi. Budjet xarajatlari davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda muhim vosita bo’lib, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda katta rol o’ynaydi. Maqolada shuningdek, budjet xarajatlarini nazorat qilishda faol ishtirok etuvchi organlar hamda 2024-yil yakuni bo’yicha budjet ijrosi tahlil qilinadi.


30.01.2025 Volume Issue View more Download
BOLALAR VA KATTALAR HAYOTIDAGI IJTIMOIY TARMOQLAR VA ULARNING O‘ZIGA JALB QILUVCHI XUSUSIYATLARI

Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda odamlarning kunlik hayotida muhim o‘rin egallagan. Ayniqsa, bolalar va kattalar uchun ular turli xil vazifalarni bajarishga, yangi ma'lumotlarni olishga, hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga imkon yaratadi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning bolalar va kattalar hayotiga ta'siri, ularning o‘ziga jalb qiluvchi xususiyatlari tahlil qilinadi. Tarmoqdagi o‘zaro aloqalar va ular orqali shakllanadigan muloqot usullari keltirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarning foydali va zararli tomonlari, shuningdek, ularning jamiyatdagi o‘rni va bolalar va kattalarga ta'siri haqida fikr yuritiladi.


30.01.2025 Volume Issue View more Download
11-12 YOSHLI VOLEYBOLCHILARNING MAXSUS TAYYORGARLIGINI HARAKATLI O‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH.

Ushbu maqolada muallif 11-12 yoshdagi voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifat (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik)larni rivojlantirish usullarini, tezlik-kuchlilik sifatlariga mansub bo‘lib oyoq mushaklarining qisqa muddat ichida kuchli qisqarish yo‘llarini, hayotiy zarur harakat malakalarini (yurish, yugurish, sakrash, to‘xtash, osilish va h.) shakllantirish o‘yinlar va metodlar ishlab chiqqan.


30.01.2025 Volume Issue View more Download
DAVLATNING IQTISODIYOTDA XUSUSIY TARMOQ VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH SIYOSATI

Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti ko‘p jihatdan xususiy sektorning rivojlanishiga bog‘liq. Chunki xususiy tarmoq iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, yangi ish o‘rinlari yaratadi, innovatsiyalarni rivojlantiradi va aholi turmush darajasini oshiradi. Shu sababli, davlatning xususiy sektor va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati iqtisodiy strategiyaning muhim qismi hisoblanadi.


28.01.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor