Ushbu maqolada sun’iy intellekt tizimlarida hisoblash samaradorligini oshirishda GPU va NPU arxitekturalarining o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy AI modellarining murakkablashuvi, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashi va real vaqt rejimida qaror qabul qilish zarurati kompyuter arxitekturasiga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqda. An’anaviy CPU arxitekturasi umumiy maqsadli hisoblashlar uchun qulay bo‘lsa-da, chuqur o‘rganish modellarida uchraydigan massiv matritsali va tensor amallarni yuqori samaradorlikda bajarishda cheklovlarga ega. Shu sababli GPU arxitekturasi katta hajmli parallel hisoblashlar, modelni o‘qitish va generativ AI tizimlarida keng qo‘llanilmoqda. NPU arxitekturasi esa kam quvvat sarfi, past kechikish va qurilma ichida real vaqtli inferensiya bajarish imkoniyati bilan edge AI tizimlarida muhim o‘rin egallaydi. Maqolada GPU va NPU arxitekturalarining afzalliklari, cheklovlari, xotira devori muammosi, energiya samaradorligi, kvantlash va gibrid GPU–NPU yondashuvining istiqbollari yoritiladi.
Ushbu maqola ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarda uchraydigan kasbiy zo‘riqish muammosi, uning kelib chiqish sabablari, bosqichlari va psixologik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. O’qituvchilardagi kasbiy stress va emotsional kuyish sindromining mazmun-mohiyati yoritilib, ushbu jarayonlarni tushuntiruvchi nazariy yondashuvlar asos qilib olingan. Jumladan, stressning umumiy moslashuv sindromi nazariyasi muallifi Hans Selye hamda emotsional kuyish konsepsiyasini ishlab chiqqan Christina Maslach qarashlari tahlil etilgan. Pedagogik faoliyatning o‘ziga xos psixologik jihatlari, doimiy muloqot, yuqori mas’uliyat, vaqt tanqisligi va mehnat yuklamasining ortishi kabi omillarning kasbiy zo‘riqishga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, pedagoglarda kasbiy zo‘riqishni oldini olishning psixologik, tashkiliy va individual usullari ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik amaliyotning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Pedagogik amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda pedagogik mahoratini rivojlantirishda asosiy bosqich hisoblanadi. Shuningdek, maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida amaliyot jarayonini takomillashtirish yo‘llari yoritiladi.