Ushbu maqolada milliy qadriyatlar asosida vatanparvarlik tarbiyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan. Milliy qadriyatlarning vatanparvarlik ruhini shakllantirishdagi taʼsiri, tarbiya jarayonidagi usullari va zamonaviy yondashuvlar haqida aniq maʼlumotlar berilgan. Shuningdek, bugungi globallashuv sharoitida milliy g‘oya va qadriyatlarni asrash orqali yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash masalalari tahlil etilgan.
Ushbu maqolada ilk sak-massaget ko‘chmanchi xalqlari tarixining tarixshunoslikda yoritilishi tizimli tarzda tahlil etiladi. Asosiy e’tibor qadimgi yunon-rim mualliflari - Gerodot, Strabon, Kvint Kursiy Ruf,Arrian, Diodor,Efor kabi mualliflarining asarlarida sak va massagetlar to‘g‘risida berilgan ma’lumotlarga qaratiladi. Ularning yozma asarlarida ushbu ko‘chmanchi xalqlarning harbiy-siyosiy tuzilmasi, urf-odatlari, diniy qarashlari va boshqa xalqlar bilan bo‘lgan munosabatlari qanday aks ettirilgani ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, rus tarixchi va sharqshunos olimlari -V.V. Bartold, S.P.Tolstov, A.I. Terenojkin, B.A.Litvinskiy, K.A.Akishev kabi olimlarning tadqiqotlari asosida sak-massagetlar tarixini o‘rganishga zamonaviy ilmiy yondashuvlar tahlil qilinadi
Ushbu maqolada ramziy interaksionizm nazariyasining asosiy tamoyillari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot asosida Blumer (1969), Mead (1934), Cooley (1902), Goffman (1959), Stryker (1980), Denzin (1992), Schutz (1967), Garfinkel (1967) kabi nazariya asoschilari va zamonaviy izlanishlar natijalari ko‘rib chiqiladi. Maqola ramziy interaksionizmning asosiy g‘oyalari – ma’no qurilishi, o‘zaro ta’sirning roli, shaxsning shakllanishi va ijtimoiy konstruktsiyalarni anglash mexanizmlarini keng ko‘lamda ilmiy ma’lumotlar, raqamlar va statistik dalillar yordamida tahlil qiladi. Natijalar sotsiologiya, psixologiya va ijtimoiy psixologiya fanlariga amaliy va nazariy hissa qo‘shadi.
This paper explores the effectiveness and safety of anesthetic support methods used in pediatric outpatient surgery. Outpatient procedures in children require careful anesthetic planning due to their unique physiological and psychological characteristics. The paper examines various anesthetic techniques including general, regional, and local anesthesia with sedation, highlighting their applications, benefits, and limitations. It also discusses essential safety measures such as preoperative assessment, intraoperative monitoring, and postoperative care. Special attention is given to recent advancements in pediatric anesthesia, such as short-acting drugs, improved monitoring systems, and multimodal analgesia. The findings emphasize the importance of a multidisciplinary approach involving trained specialists, child-centered protocols, and evidence-based practices to ensure successful and safe surgical outcomes.
Ushbu maqolada aholini jismoniy tarbiyaga jalb etishning samaradorligini baholash tizimi va uning ahamiyati tahlil qilinadi. Aholini jismoniy tarbiyaga jalb qilish, nafaqat jismoniy sog‘likni yaxshilash, balki ruhiy holatni, farovonlikni oshirish va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham katta hissa qo‘shadi. Maqolada baholash tizimi uchun qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlar, ko‘rsatkichlar va zamonaviy usullar taqdim etiladi. Samaradorlikni baholashda ishlatiladigan metodlar, shu jumladan statistik tahlil, so‘rovnomalar va ko‘rsatkichlar tahlili kabi usullar hamda jismoniy tarbiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Ushbu maqola aholini jismoniy tarbiyaga jalb qilish bo‘yicha samarali tizimlarni yaratishga va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ilmiy asoslarni taqdim etadi.