AHOLINI JISMONIY TARBIYAGA JALB ETISHGA QARATILGAN FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH TIZIMI

Ushbu maqolada aholini jismoniy tarbiyaga jalb etishning samaradorligini baholash tizimi va uning ahamiyati tahlil qilinadi. Aholini jismoniy tarbiyaga jalb qilish, nafaqat jismoniy sog‘likni yaxshilash, balki ruhiy holatni, farovonlikni oshirish va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham katta hissa qo‘shadi. Maqolada baholash tizimi uchun qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlar, ko‘rsatkichlar va zamonaviy usullar taqdim etiladi. Samaradorlikni baholashda ishlatiladigan metodlar, shu jumladan statistik tahlil, so‘rovnomalar va ko‘rsatkichlar tahlili kabi usullar hamda jismoniy tarbiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Ushbu maqola aholini jismoniy tarbiyaga jalb qilish bo‘yicha samarali tizimlarni yaratishga va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ilmiy asoslarni taqdim etadi.


28.04.2025 Volume Issue View more Download
MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada milliy qadriyatlar asosida vatanparvarlik tarbiyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan. Milliy qadriyatlarning vatanparvarlik ruhini shakllantirishdagi taʼsiri, tarbiya jarayonidagi usullari va zamonaviy yondashuvlar haqida aniq maʼlumotlar berilgan. Shuningdek, bugungi globallashuv sharoitida milliy g‘oya va qadriyatlarni asrash orqali yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash masalalari tahlil etilgan.


28.04.2025 Volume Issue View more Download
JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISHDA IJTIMOIY CHEGIRMALARNING XALQARO AMALIYOTI: YONDASHUVLAR VA TAJRIBALAR

Ushbu maqolada jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda ijtimoiy chegirmalarning xalqaro tajribasi o‘rganilgan. AQSh, Yevropa, Sharqiy Osiyo va Skandinaviya mamlakatlari misolida ularning yondashuvlari, soliq siyosatidagi asosiy maqsadlar, chegirmalar shakllari va O‘zbekistondagi amaliyot bilan solishtiruvlar tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston uchun mos takliflar ilgari surilgan.


28.04.2025 Volume Issue View more Download
SHASHMAQOM TIZIMINING TUZILISHI VA ESTETIK ASOSLARI

Mazkur ishda Shashmaqom tizimining musiqiy tuzilishi, uning asosiy qismlari, lad-tonal tizimi va kompozitsion qurilishi chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, Shashmaqomning estetik asoslari, ya’ni ohang, ritm, poetik mazmun va ijro uslubining o‘zaro uyg‘unligi orqali yaratilgan go‘zallik mezonlari yoritiladi. Tadqiqotda Shashmaqomning o‘ziga xosligi, milliy musiqiy tafakkurdagi o‘rni hamda madaniy meros sifatidagi qadriyati nazariy va amaliy jihatdan asoslab beriladi. Shashmaqomning badiiy-estetik ta’siri uning ijro an’analari, tinglovchi bilan muloqoti va musiqiy obrazlar yaratish vositalari orqali ochib beriladi.


28.04.2025 Volume Issue View more Download
ОПРЕДЕЛЕНИЕ СОДЕРЖАНИЯ ИНОСТРАННЫХ НОРМ СЕМЕЙНОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА УЗБЕКИСТАНА

В текущей статье анализируются вопросы определения содержания норм зарубежного семейного права в Республике Узбекистан.


28.04.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor