TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA RAQAMLI MARKETINGDAN FOYDALANISH INNOVATSION YONDASHUVLARI VA YO‘NALISHLARI

Mazkur maqolada globallashuv va raqamlashuv jarayonlari tadbirkorlik faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi, ayniqsa, raqamli marketing imkoniyatlari orqali mahsulot va xizmatlarni jahon bozoriga olib chiqish omillari ko’rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalar vositasida tadbirkorlar mijozlar bilan yaqin aloqada bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda qanchalik muhim ekanligi tahlil qilingan. Bu maqolada Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmanistonda tadbirkorlikda raqamli marketingdan foydalanishning innovatsion yondashuvlari va yo‘nalishlari tahlil qilingan.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TARIX DARSLARIDA O‘RNI

Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning tarix ta’limida tutgan o‘rni, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri, afzalliklari va qo‘llanilish turlari ilmiy-nazariy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv metodlar, onlayn platformalar va raqamli resurslardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. XXI asrda insoniyat taraqqiyotining ajralmas qismiga aylangan raqamli texnologiyalar deyarli barcha sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimi ham bundan mustasno emas. Ayniqsa, ijtimoiy fanlar qatorida muhim o‘rin tutadigan tarix fani o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va saboq chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu nuqtayi nazardan, raqamli texnologiyalarning tarix darslariga integratsiyasi bu fanning o‘zlashtirilishini yengillashtiradi, uni ko‘proq hayotiy va jonli qiladi.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
IKKINCHI SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGIDAGI SHE’RLARNI PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O`QITISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini samarali tashkil etish xususida fikr yuritiladi, ya’ni dars davomida o‘quvchilarni dars jarayoniga turli didaktik o‘yinlar yordamida jalb qilishning bir necha usullari ko‘rib chiqiladi.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
ZAMONAVIY TA‘LIMDA O‘QITISH METODIKALARINING YANGILANISHI: MUAMMOLAR VA IMKONIYATLAR

Ushbu maqolada ta‘lim muassasalarida o‘qitish metodikasining dolzarb muammolari tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv ta‘lim metodlarining ahamiyati, ta‘lim va tarbiyaning integratsiyasi, o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi aloqalarning zaifligi kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
BOSHLANGʻICH SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR

Boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan sinfdan tashqari ishlarning o‘rni, ahamiyati va ularni tashkil etish metodikasi keng yoritilgan.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor