O'N IKKI MAQOM TIZIMI

Maqom san’ati o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega. Bu tarixni o‘zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkin. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtai nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy-ohang qatlamlarini o‘rganish masalalari tashkil etadi. Tabiiyki, bu davrda hozirda ma’lum tom ma’nodagi maqomlar bo‘lmagan, albatta. Chunki maqom tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ma’lum bosqichi bilan shartlangan.


29.12.2024 Volume Issue View more Download
ЎЗБЕК САНЪАТИ РИВОЖИДА БАСТАКОР, СОЗАНДА, ХОНАНДА ШАРИФЖОН АКРАМОВНИНГ ИЖОДИ ХУСУСИДА

Ушбу мақолада сохамиз ривожига хисса қўшган мохир ва истеъдодли бастакор Шарифжон Акрамов хақида ёзилган бўлиб, унинг ижод йўлидаги қилган мехнатлари, мусиқали драмма театри учун яратган асарлари хақида сўз боради. Хамнафас ишлаган машхур санъат вакилларининг хамкорлигида созандалик, хонандалик, мақом ижрочилик билимларини тезда ўрганади. Ш.Акрамов ва жуда кўплаб ўзбек, тожик, яҳудий ёшлари ана шу ижодий атмосферада тарбияланар, устозлари йўлидан бориб, том маънода миллий маданиятимизнинг ҳақиқий жонкуяр фидоийларига айланган эди. Ўз навбатида бастакор Ш.Акрамов жуда кўплаб санъат фидоийларини тарбиялади, уларни миллий маданиятимизнинг яратувчиларига айлантирди.


29.12.2024 Volume Issue View more Download
MASOFAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BIOLOGIYA O'QITISH METODIKASI

Bugungi kunda, O‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning an’anaviy va noan’anaviy shakllarini qo‘llash, o‘qitishga zamonaviy yondashuvlar asosida shiddat bilan o‘zgarib borayotgan jamiyat talablariga mos ravishda ta’lim sifatini oshirish talab etilmoqda. XXI asrda maktab ta‘limi maqsadlari o‘zgarib, o‘quvchilarda savodxonlik, kompetentsiyalar va shaxsiy sifatlar, fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish ustuvorlik kasb etmoqda. Masofaviy ta’lim texnologiyalari o‘ziga xos afzalliklarga ega. O‘quvchiga qulay sharoit va muhitda ta’lim olish, mustaqil dars qilish vaqti va yo‘nalishini tanlash (videodarslarni takror ko‘rish mumkin) imkonini beradi.


29.12.2024 Volume Issue View more Download
ОПРЕДЕЛЕНИЕ ПОНЯТИЯ «ИНТЕЛЛИГЕНЦИЯ» И О ЕЕ РОЛИ И ЗНАЧИМОСТИ В СОВРЕМЕННОМ ОБЩЕСТВЕ, СЕГОДНЯ

В данной статье рассматривается понятие «интеллигенция». Автор исследует также роль и значимость интеллигенции в современном обществе.


29.12.2024 Volume Issue View more Download
MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARI TARKIBI VA UNDA SOLIQLARNING ROLI

Ushbu maqolada mahalliy byudjet daromadlarining tarkibi va unda soliqlarning o’rni tahlil qilingan. Soliqlarning byudjet daromadlarini shakllantirishdagi asosiy vazifalari, ularning ahamiyati hamda mahalliy hokimiyatlar daromadlarini oshirishga qaratilgan tizimli yondashuvlar ko’rib chiqilgan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning soliqlarni boshqarish, ularni taqsimlash va mahalliy byudjetlar daromadlarini barqarorlashtirish bo’yicha ilmiy qarashlari o’rganilgan. Mahalliy byudjetning barqarorligini ta’minlashda soliqlarning o’rnini mustahkamlashga oid nazariy va amaliy tavsiyalar keltirilgan.


29.12.2024 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor