HUQUQIY ISLOHOTLAR VA ULARNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O’RNI

Mazkur maqolada huquqiy islohotlarning jamiyat hayotiga ko’rsatadigan ta’siri, ularning ahamiyati, asosiy yo‘nalishlari hamda samaradorligi tahlil etiladi. Huquqiy islohotlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, adolatli jamiyatni shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, ularning natijalari va xalqaro tajriba misolida ushbu islohotlarning jamiyat hayotidagi o‘rni keng yoritiladi.


12.06.2025 Volume Issue View more Download
O‘SMIR YOSHDAGI OG‘IR ATLETIKACHILARNING RATSIONAL OVQATLANISHINI SAMARALI TASHKILLASHTIRISHNING USULLARI

Ushbu maqolada o‘smir yoshdagi og‘ir atletikachilar uchun ratsional ovqatlanishni samarali tashkil etish bo‘yicha tadqiqot natijalari yoritilgan. Eksperimental metod asosida ishlab chiqilgan ovqatlanish dasturi 12–16 yoshdagi sportchilarda kuch ko‘rsatkichlari, mushak massasi, tiklanish darajasi va biokimyoviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari ovqatlanishning sport tayyorgarligidagi o‘rnini ilmiy asoslashga yordam berdi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.


12.06.2025 Volume Issue View more Download
XX ASR O‘ZBEK SHE’RIYATIDA TARIXIY OBRAZLAR TALQINI

Ushbu maqolada XX asr o’zbek she’riyatiga ulkan hissa qo’shgan avlodlarimiz siymosi keng ko’lamda yoritilgan. Har bir shoir, shoira o’zi tug’ilib o’sgan ona vatanini, unda yashagan o’zining avlodlarini madh etib qalamga oladi. Bu kabi ijodkorlar she’riyatida xalq og’zaki ijodi qahramonlarini, g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur, sohibqiron Amir Temur kabi buyuk siymolarni ko’rishimiz mumkin. Bu davrda tarixiy obrazlar ko’proq milliy uyg’onish, erkinlik, jasorat, g’urur va xotira ramzi sifatida talqin qilingan. Shoirlar tarixni faqat faktlar jamlanmasi emas, balki ruhiy-ma’naviy tajriba manbai sifatida qayta gavdalantirganlar.


12.06.2025 Volume Issue View more Download
MAKTAB O'QUVCHILARIGA AXLOQIY TARBIYA BERISHNING BA'ZI USULLARI VA MUAMMOLARI

Ilmiy maqolada maktab o’quvchilariga axloqiy ta’rbiya berishning ahamiyati, yo’llari, axloqiy tarbiya berishda maktab darslarining roli, fan to’garaklarining ahamiyati va o’qituvchilar tomonidan olib boriladigan turlicha tadbirlarning tutgan o’rni haqida so’z boradi.


12.06.2025 Volume Issue View more Download
SULTON HUSAYN MIRZO DAVRIDA KURASH HAQIDA

Mazkur maqolada Sulton Husayn Mirzo davrida kurash san’atining rivojlanishi, uning ilmiy asoslari va yirik shaxslar – xususan, Pahlavon Muhammad Abusaid va Darveshmuhammad kabi kurashchilarning faoliyati yoritilgan. Muallif ushbu shaxslarning nafaqat jismoniy kuchi, balki ilm-fan sohasidagi salohiyati, Alisher Navoiy kabi buyuk shoirlar va Sulton Husayn Mirzo kabi hukmdorlar tomonidan tan olinganligini ta’kidlaydi. Kurash bo‘yicha yozilgan kitoblar, mashqlar va tayyorgarlik uslublari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Maqola orqali kurash san’ati faqat jismoniy faoliyat emas, balki ilmiy va madaniy merosning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi.


12.06.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor