TIL - MILLATNING RUHI

Til - bu oddiy aloqa vositasi emas. Til - xalqning ko‘zgusi, millatning yuragi, uning ruhi, orzu-umidlari, g‘ami va quvonchi mujassam bo‘lgan muqaddas boylikdir. Til - milliy o‘zlik mezoni. Maqolada ham millat ruhi tilning millatlararo muloqotdagi ahamiyati xususida so‘z yuritiladi.


09.06.2025 Volume Issue View more Download
1867–1917-YILLAR TURKISTONIDAGI ROSSIYA MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATINING TARIXIY MANBALARDA AKS ETISHI

Mazkur maqolada 1867–1917-yillar oralig‘ida Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy islohotlar tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi. Tadqiqot davomida ushbu davrga oid normativ-huquqiy hujjatlar, statistik to‘plamlar, matbuot nashrlari, rus va mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan ilmiy va publitsistik asarlar, shuningdek, xorijiy sayohatchilar va sharqshunos olimlar qaydlari o‘rganiladi. Shuningdek, mahalliy ziyolilar, jumladan jadidlar ijodida aks etgan mustamlakachilik siyosatiga nisbatan tanqidiy munosabatlar ochib beriladi. Ushbu manbalar Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy muhit, madaniy o‘zgarishlar va milliy uyg‘onish harakatlarini kompleks tarzda yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.


09.06.2025 Volume Issue View more Download
MATEMATIKA O‘QITISHDAGI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA USULLAR

Matematika fanini o‘qitishda yangi texnologiyalar va usullar qo‘llanilishi ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning mavzuni chuqur tushunishini ta’minlash va ularning fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishda him rol o‘ynaydi.


09.06.2025 Volume Issue View more Download
BUXORO AMRLIGI VA AFG‘ONISTON O‘RTASIDAGI ALOQALAR TARIXIDAN

Mazkur maqolada XVI-XIX asrlarda Buxoro va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning shakllanishi, rivojlanishi va o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Elchilik missiyalari, savdo aloqalari, chegara mojarolari, diniy va madaniy yaqinlik asosidagi aloqalar tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, “Buyuk o‘yin” davrida yirik imperiyalar bosimi ostida bu munosabatlarning murakkablashgani ham ko‘rsatilgan. Mahalliy amaldorlar va diniy ulamolar vositasidagi noformal diplomatiyaning roli alohida e’tirof etilgan.


09.06.2025 Volume Issue View more Download
XVI-XIX ASRLARDA O‘RTA OSIYO-BUYUK BRITANIYA DIPLOMATIK ALOQALARI TARIXINING MUAMMOLI DAVRLARI

Ushbu maqolada O`rta Osiyo va Buyuk Britaniya davlati o`rtasidagi diplomatik munosabatlar, ayniqsa ikki davlat o`rtasidagi elchilik aloqalari muhim ahamyati va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Unda Rossiya imperiyasi, Buyuk Britaniya va Eron kabi davlatlarning mintaqadagi geosiyosiy manfaatlari va Buxoro amirligi bilan bo`lgan siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy aloqalar yoritiladi.


09.06.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor