Ushbu maqolada dars jarayonining yaxshi bo‘lishida emotsiyaning ahamiyati haqida, turli xil konfiliktlarni, shaxsiy muammolarni va shaxsiy nizolarni dars jarayoniga aralashtirmaslik haqida, shuningdek o‘quvchilardagi emotsional holatlarning dars jarayoniga ta`siri haqida ma`lumotlar keltirib o`tilgan.
Tadbirkor sub’yektlar o‘z faoliyatlarini amalga oshirish davomida na faqat o‘zlik (xususiy) kapitaldan, balki qarz mablag‘laridan ham foydalanadi. Qarz mablag‘laridan foydalanish esa ularga mos keluvchi turli xil qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltiradi, jumladan: qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizlar, chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha chegirmalarni amortizatsiya qilish, moliyaviy ijara bo‘yicha ijara to‘lovlari va boshqalar. Ushbu maqolada qarz xarajatlarini qaysi qismini kvalifikatsiyalanadigan aktivlar qiymatiga va qaysi qismini moliyaviy xarajatlarga o‘tkazish ko‘rsatilgan. Qarz xarajatlarini hisob-kitoblar asosida buxgalterlik yozuvlarda aniq hisobvaraqlarda qayd qilish ko‘rsatib berilgan.