ARITMA KASSALIGINI UCHUN KOGNITIV PARAMETRLARINI ISHLAB CHIQISH

Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimi doimiy monitoring va aniq tashxisga muhtoj. Ayniqsa yurak urishi, nafas olish va qand miqdori kabi hayotiy ko‘rsatkichlarni real vaqtli tahlil qilish orqali kasalliklar erta bosqichda aniqlanishi mumkin. Ushbu maqola kognitiv texnologiyalar, sun’iy intellekt va real vaqtli monitoring usullarini birlashtirib, tibbiy ma’lumotlarga asoslangan ogohlantirish tizimini yaratishga bag‘ishlangan. Taklif etilayotgan model LSTM (Long Short-Term Memory) neyron tarmog‘i asosida yurak, nafas va glyukoza darajasini tahlil qiladi va anomaliyani avtomatik tarzda aniqlaydi. Bunda signal filtrlash, ketma-ketlikni bashorat qilish va individual sog‘liq profili orqali shaxsiy qaror qabul qiluvchi tizimlar ishlab chiqiladi. Tajribada real hayotga yaqinlashtirilgan sun’iy datasetlar asosida tahlillar o‘tkazilib, aniqlik, faollik va ogohlantirish tizimining ishonchliligi baholandi. Natijalar ushbu texnologiya yordamida sog‘liqni kuzatishda yuksak samaradorlikka erishish mumkinligini ko‘rsatdi. Modelga mobil ilova yoki web interfeys integratsiyasi orqali foydalanuvchi sog‘lig‘ini 24/7 nazorat ostida ushlab turish imkoniyati yaratish rejalashtirilgan. Maqolada kardiologik signallarga raqamli ishlov berishning kognitiv modeli va dasturiy majmuasini ishlab chiqish bo‘yicha kognitiv yondashuvlarni ishlab chiqish va u asosida model, algoritm, diagramma, dasturiy komponentlar va amaliy tahlillar taqdim etilgan. Yurakning EEG signallari asosida aritmiya kasalligini aniqlash uchun kognitiv parametrlar (yosh, jins, kasb, jismoniy faollik va anamnez) bilan birga yurakning muhim 8 ta xususiyati o‘rganildi. EKG signallarining asosiy intervallari (RR, PR, QRS, QT) va yurak ritmidagi o‘zgarishlar HRV, ST segment, T va P to‘lqinlar orqali o‘rganildi. Ma’lumotlar Random Forest klassifikatori yordamida tahlil qilindi.


28.06.2025 Volume Issue View more Download
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TOSHKENT SHAHRI AHOLISI TARKIBIDAGI OʻZGARISHLAR

Mazkur mavzuda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Toshkent shahrining demografik holati, aholining milliy, ijtimoiy va kasbiy tarkibidagi oʻzgarishlar tahlil qilinadi. Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi va bu davrda olib borilgan siyosiy, iqtisodiy islohotlar shaharning aholisi soni va tarkibida sezilarli oʻzgarishlarga olib kelgan. Ayniqsa, rus aholisi ulushining ortishi, yangi mahallalar va sanoat tumanlarining vujudga kelishi, migratsiya jarayonlari natijasida aholi tarkibining xilma-xillashuvi kabi omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu oʻzgarishlarning shaharning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri ham yoritiladi.


26.06.2025 Volume Issue View more Download
RAQAMLI IQTISODIYOT: YANGI DAVRDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING IQTISODGA TA’SIRI

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning mazmuni, asosiy yo‘nalishlari va O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri yoritilgan. Sun’iy intellekt, raqamli to‘lov tizimlari, elektron hukumat va boshqa texnologik yangiliklarning iqtisodiy samaradorlikka qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlar haqida ham ma’lumot beriladi. Maqola zamonaviy iqtisodiyotning yangi bosqichini anglashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.


25.06.2025 Volume Issue View more Download
ZAMONAVIY JANGDA UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI RADIOALOQA VOSITALARI BILAN QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqola zamonaviy jang maydonida uchuvchisiz uchish apparatlari bilan PD-785 ultraqisqa to‘lqinli radiostansiyaning ovoz kuchaytirgichlari yordamida dushman harbiy xizmatchilariga psixologik hujum qilish orqali dushmanni zaiflashtirishga va yakson qilishga yordam beradi.


25.06.2025 Volume Issue View more Download
MODELING EVACUATION PROCESSES IN URBAN ENVIRONMENTS: ANALYSIS AND INNOVATIVE APPROACHES

This article discusses modeling evacuation processes in urban environments: analysis and innovative approaches.


25.06.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor