Mazkur maqolada tilshunoslikdagi polifunksionallik hodisasi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Til birliklarining bir vaqtning o‘zida bir necha vazifani bajarish xususiyati lingvistik tizimning murakkabligini, ijtimoiy-kommunikativ muhitga moslashuvchanligini ifodalaydi. Maqoladagi polifunksionallik tushunchasining mohiyati, turli til darajalarida namoyon bo‘lishi, kontekst bilan bog‘liqligi va amaliy tilshunoslikdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, bir qator olimlarning polifunksionallik haqidagi nazariyalari tilga olinadi.
Qon organizmning eng muhim to’qimalaridan biridir. Qon, limfa va to’qimalar aro suyuqligi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning barcha to’qima va hujayralari fizik-kimyoviy xossalari va tarkibi nisbatan doimiy bo’ladigan ana shu suyuqliklarning muhitidagina normal yashay oladi. Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar qoni uzoq davom etgan evolyutsiya mahsulidir. Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo’q. Ular hayoti uchun zarur moddalarni hujayra po’sti orqali oladi, chiqindi keraksiz moddalarni ham ana shu yo’l orqali chiqarib tashlaydi. Zoologik silsilaning pastki bosqichlarida turadigan hayvonlarning tomirlari ichida suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning tarkibida oqsillar va boshqa azotli moddalar kam bo’ladi. Bir muncha yuqoriroq taraqqiy etgan hayvonlarda gemolimfa paydo bo’ladi.
Анемия у детей — это одно из наиболее часто встречающихся заболеваний в педиатрической практике, оказывающее существенное влияние на здоровье, когнитивное развитие и качество жизни ребенка. Данная работа посвящена анализу современных методов ранней диагностики анемий у детей, а также оценке эффективности различных терапевтических подходов. В исследовании были использованы как клинико-лабораторные данные 300 пациентов, так и обзор литературных источников по актуальной тематике. Установлено, что своевременная постановка диагноза с последующим этиотропным лечением значительно снижает риск осложнений и рецидивов. Особое внимание уделено железодефицитной анемии, как наиболее распространённой форме, и ее профилактике в условиях школьного и дошкольного воспитания.
Ushbu maqolada So‘fi Olloyorning “Sabotul ojizin” asarida uchraydigan ilmiy atamalar tahlil etilgan. Asar o‘z davrining diniy, falsafiy va tibbiy bilimlarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. Ilmiy terminlarning ishlatilish shakli, ularning o‘rni va mazmuni maqola asosida o‘rganilgan. Shuningdek, So‘fi Olloyorning “Sabotul ojizin” asarida qo‘llanilgan ilmiy atamalar morfologik (so‘z yasash va tuzilish) hamda semantik (ma’no) jihatdan tahlil qilinadi. Asarda uchraydigan arabcha va forscha kelib chiqishga ega bo‘lgan ilmiy tushunchalar o‘zbek tilidagi ishlatilish shakllari bilan solishtirilib, ularning lug‘aviy va uslubiy qiymati aniqlanadi. Atamalar diniy-ilmiy, falsafiy va axloqiy ma’nolarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ularning asardagi kontekstda tutgan o‘rni va u orqali berilgan tushunchaning semantik yuklamasi yoritiladi.