Mazkur maqolada maqom san’ati doirasida xonandaning ijro imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash va samarali yo‘naltirishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Maqom asarlarining murakkab vokal tuzilmasi, ohangdorlik, frazalash, intonatsiya va badiiy ifoda jihatlari chuqur tahlil qilinib, xonandalarning vokal salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va ijroga moslashtirish masalalari o‘rganiladi. Xususan, maqom xonandasi uchun zarur bo‘lgan vokal tayyorgarlik, nafas boshqaruvi, estetik tafakkur, psixofiziologik muvozanat va ijodiy yondashuvlar muhim omil sifatida ta’kidlanadi.
Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda yuzaga kelgan jadidchilik harakatining mazmun-mohiyati, tarixiy bosqichlari, asosiy g‘oyalari hamda bugungi kunda bu harakat merosining O‘zbekiston jamiyatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Jadidchilik harakatining asoschilari tomonidan ilgari surilgan ma’rifiy, ijtimoiy va siyosiy g‘oyalarning zamonaviy ta’lim tizimi, gender tengligi, milliy o‘zlikni anglash va fuqarolik jamiyati qurilishiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, jadid matbuoti, teatr va adabiy merosining yosh avlod tarbiyasidagi roli, bugungi islohotlar bilan o‘zaro bog‘liqligi chuqur o‘rganilgan. Maqolada tarixiy va zamonaviy qarashlar uyg‘unligi orqali jadidchilik harakatining dolzarbligi va bugungi kundagi o‘rni ilmiy asosda tahlil etiladi.
This article discusses the issues of managing energy sources in modern communication systems through adaptive control models to improve energy efficiency. The possibility of evaluating the energy supply state in real-time, considering the variability of the load and external factors, and developing optimal control strategies is analyzed.
Mazkur tezisda yosh regbichlarning o‘yin texnikasiga o‘rgatish uslubiyati doir xorij olimlarining ilmiy maqolalari shu bilan birga adabiyotlari tahlil qilingan va o‘rganilgan bo‘lib, yosh regbichilarni texnikasini yanada samaradorligini oshirish uchun tavfsiyalar keltirilgan.