DEMOKRATIYA VA AXBOROT ERKINLIGI O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK

Maqolada demokratiya va axborot erkinligi tushunchalari, ularning o’zaro bog’liqligi, zamonaviy demokratik jamiyatdagi o’rni va ahamiyati yoritiladi. Axborot erkinligi cheklanishining oqibatlari, shuningdek, O’zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinadi. Demokratik boshqaruv va fuqarolik jamiyati rivojida axborot erkinligining zaruriy shart ekanligi asoslab beriladi.


20.09.2025 Volume Issue View more Download
KURASH TURLARIDA SPORTCHILARINING KUCH CHIDAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH VA MUSOBAQA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

Ushbu maqolada kurashchilarning mushak kuchini darajasini maxsus sport uskunasi orqali aniqlash, mamlakatimizda rivojlangan kurash turlari yani Erkin kurash, Yunon-rum kurashi, Kurash, Belbog‘li kurash, Dzyudo va Sambo kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi malakali kurashchilarni maxsus trenajorlar yordamida kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish samaradorligi ko‘rsatilgan.


20.09.2025 Volume Issue View more Download
TISHLARNING PATOLOGIK YEMIRILISHI VA GIPERESTEZIYANI DAVOLASHNING YANGI METODLARI VA PROFILAKTIKASI

Mazkur maqolada tishlarning patologik yemirilishi va unga hamroh bo‘luvchi giperesteziya muammolari ilmiy jihatdan yoritib beriladi. Tish qattiq to‘qimalarining yemirilishi turli omillar ta’sirida yuzaga kelib, bemorlarning hayot sifatini pasaytiradi, ovqatlanish va gigiyena jarayonlarini qiyinlashtiradi. Giperesteziya esa kichik stimullarga (sovuq, issiq, shirin yoki kislotali ta’sirlar) nisbatan sezuvchanlikning ortishi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy stomatologiyada ushbu patologiyalarni davolash uchun remineralizatsiya dasturlari, nano-gidroksiapatit va bioaktiv shisha asosidagi preparatlar, lazer terapiyasi, yuqori adgeziya ko‘rsatkichiga ega biokompozit materiallar hamda minimal invaziv usullar qo‘llanilmoqda. Maqolada ushbu yangi metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi hamda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati yoritiladi.


20.09.2025 Volume Issue View more Download
MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINI O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA 3D-MODELLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalar va 3D-modellashtirishdan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Mahalliy tadqiqotchilar ishlari asosida fazoviy tafakkurni rivojlantirish, mustaqil fikrlash va kasbiy raqobatbardoshlikni oshirish omillari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy dasturlardan foydalanishda pedagoglarning malakasini oshirish va texnik infratuzilmani takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan.


17.09.2025 Volume Issue View more Download
DONO ZIYAYEVANING TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGI SHAHARLARI TARIXI

Tarixchi olima Dono Ziyaeva oʻz tadqiqotlarida Buxoro shahri toʻgʻrisida qiziqarli ma'lumotlarni keltirib, Buxoro shahri madaniyati, tarixiy obidalari, karvonsaroylari, savdo munosobatlari va boshqa ma'lumotlarni arxiv hujjatlar va manbalar asosida izohlab beradi.


17.09.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor