Ilimiy maqalada shańaraqta qız balalardı tárbiyalawdıń ózine tán ózgeshelikleri,qızlar tárbiyasında xalıq pedagogikası dereklerinen paydalanıwdıń jolları,usılları oǵada keń sóz etilgen. Haqiyqatındada shıǵıs xalıqları qız balalar tárbiyasına ázel-ázelden úlken itibar berip kelmekte.
Ushbu maqolada Alfa avlodining rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy psixologik, ijtimoiy va texnologik omillar tahlil qilinadi. Alfa avlodi — 2010-yillarning boshidan keyin tug‘ilgan bolalar bo‘lib, ular raqamli texnologiyalar bilan ichki bog‘liqlikni rivojlantirganlar. Maqolada ularning diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklari, o‘z-o‘zini boshqarishdagi muammolar va ijtimoiy aloqalardagi zaifliklar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu muammolarni bartaraf etish uchun psixologik yordam, ota-onalar va pedagoglarning roli, shuningdek, raqamli texnologiyalarni maqsadli va sog‘lom foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.
Ushbu maqolada jismoniy cheklovlari bo‘lgan shaxslar uchun psixologik yordam va ijtimoiy himoya tizimini yanada yaxshilash masalalari tahlil qilinadi. O‘zbekiston sharoitida nogironligi bo‘lgan shaxslarning psixologik va ijtimoiy muammolarini, mavjud tizimning samaradorligini va uni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rib chiqadi. Maqola statistik ma’lumotlar, ilmiy tadqiqotlar va amaliy tavsiyalar asosida yozilgan bo‘lib, psixologlar, ijtimoiy xodimlar va davlat organlari uchun foydali qo‘llanma bo‘lishi mumkin.
Ushbu maqolada biofarmatsevtika sohasida yangi avlod dorivor moddalarni yaratishda polimer asosli materiallardan foydalanish asoslari yoritiladi. Polimerlarning farmatsevtik faol moddalar tashuvchisi sifatidagi afzalliklari — ya’ni ularning biokompatibiligi, biodegradatsiyalanuvchanligi, dori moddasining organizmga nazoratli va uzoq muddatli yetkazilishini ta’minlash kabi xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada tabiiy va sintetik polimerlar asosida yaratilgan dorivor tizimlarning sintezi, tarkibi, farmakokinetik xususiyatlari hamda ularning davo samaradorligini oshirishdagi roli muhokama qilinadi. Shuningdek, polimer asosli dori shakllarining hozirgi zamon tibbiyotida qo‘llanilishi, ularni ishlab chiqishdagi dolzarb yo‘nalishlar va muammolar tahlil qilinadi. Xususan, nanostrukturalar, mikrokapsulalar, gidrogellar va plyonkalar ko‘rinishidagi polimer bazasidagi dori tashuvchi tizimlar hamda ularning sintezida qo‘llaniladigan kimyoviy va biologik usullar ko‘rib chiqiladi.
This article explores the role of contextualized learning in enhancing communicative competence among senior secondary school students in English language classrooms. Drawing on sociolinguistic and pedagogical theories, the study investigates how real-life contexts and meaningful language use contribute to learners’ ability to communicate effectively. The paper reviews relevant literature, presents classroom-based findings, and discusses practical implications for English language teaching in secondary education.