1930-1940-ЙИЛЛАРДА БУХОРО МАКТАБЛАРДАГИ КАМЧИЛИКЛАРНИНГ МАТБУОТДА ЁРИТИЛИШИ

Ушбу мақолада Совет ҳукумати даврида яъни 1930-1940 йилларда Бухорода таълим тизимидаги камчиликлар матбуот материаллари асосида ҳаққоний ёритиб берилган. 1930-1940-йилларда Бухоро совет мактаблардаги камчиликларнинг матбуотда ёритилиши “Қизил Ўзбекистон” газетасининг 1940 йилдаги сонларидаги маълумотларига асосланган.


07.05.2025 Volume Issue View more Download
HADISLARDA IQTISODIY TARBIYA MASALALARI

Ushbu maqolada oilaning ikki ustuni, Imom al-Buxoriy asarlariga kiritilgan hadislarda iqtisodiy tarbiyaga oid fikrlarning pedagogik tahlili va oilada farzand tarbiyasida pulning ahamiyati haqidagi ma’lumotlar yoritilib berilgan.


07.05.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTONDA YOSH GANDBOLCHI DARVOZABONLARNI TAYYORLASHNING ZAMONAVIY USULLARI VA YECHIMLARI

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida yosh gandbolchi darvozabonlarni tayyorlashning hozirgi holatini tahlil qiladi, mavjud muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish uchun innovatsion yechimlarni taklif etadi. Tadqiqotda jismoniy, texnik va psixologik tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqilib, xalqaro va mahalliy tajribalar, amaliyotlar, xususan, OKMK jamoasi misolida zamonaviy usullari muhokama qilinadi. Maqolada yosh darvozabonlarning malakasini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berib o‘tilgan.


07.05.2025 Volume Issue View more Download
JANUBIY OROLBO‘YI HUDUDI AHOLISI DINIY E’TIQODLARINING MODDIY ASHYOLARDA AKS ETISHI

Ushbu maqolada Janubiy Orolbo‘yi hududida yashovchi aholining diniy e’tiqodlari va ularning moddiy madaniyatda ifodalanishi tahlil etiladi. Diniy qarashlarning me’moriy yodgorliklar, kundalik turmush buyumlari, bezak san’ati hamda dafn marosimlariga oid ashyolarda qanday aks etgani ilmiy asosda o‘rganiladi. Shuningdek, diniy ramzlar, naqshlar va haykalchalar orqali aholining dunyoqarashi, qadriyatlari hamda e’tiqodiy an’analari yoritiladi. Maqolada tarixiy-arxeologik topilmalar misolida diniy tasavvurlar va ularning moddiy madaniyatdagi ko‘rinishlari chuqur tahlil qilinadi.


07.05.2025 Volume Issue View more Download
SHAROF RASHIDOV ASARLARIDA DIALEKTIZMLAR (“G‘oliblar” romani misolida)

Mazkur maqolada badiiy matnda dialektlarning o‘rni va ularning funksional vazifalari tahlil qilinadi. Dialektal unsurlar badiiy asarning mazmuniy va stilistik boyligini oshirish, qahramon xarakterini ochib berish, milliy va hududiy koloritsiyani aks ettirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada dialektlarning qahramonning ijtimoiy kelib chiqishini ifodalash, matnning tabiiyligini oshirish, tarixiy va madaniy muhitni yoritish hamda stilistik vosita sifatida qo‘llanilishi singari asosiy funksiyalari yoritilgan. Shuningdek, dialektlardan foydalanishning imkoniyatlari va cheklovlari muhokama qilinib, ularning badiiy adabiyotdagi ahamiyati Sharof Rashidovning “G‘oliblar” romanidan misollar bilan mustahkamlangan. Maqola lingvistika va adabiyotshunoslik sohalarida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.


07.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor